Get Mystery Box with random crypto!

Yangi o'quv yilidan Ona tili hamda Ona tili va o'qish savodxon | ЗИЁКОР (ўқитувчи мураббийлар канали)

Yangi o'quv yilidan Ona tili hamda Ona tili va o'qish savodxonligi fanlaridan nazorat materiallari Respublika taʼlim markazi tomonidan yuboriladi

Milliy o'quv dasturi asosida yangi avlod darsliklari amalga joriy qilingan sinflar uchun Ona tili va o'qish savodxonligi hamda Ona tili fanlaridan taqvim rejasida ko'rsatilgan nazorat ishlari uchun materiallar hamda baholash mezonlari Respublika taʼlim markazi tomonidan tayyorlanadi hamda tavsiya (hozircha oʻqituvchilar aynan shu materiallar asosida baholashga majburlanmaydi) sifatida oʻqituvchilarga yuboriladi.

Respublika taʼlim markazi baholash bo'yicha mutaxassisi Shokir Tursunning taʼkidlashicha, ushbu nazorat materiallari orqali maʼlum davr oralig'ida o'quvchilar oʻzlashtirishi lozim boʻlgan ko'nikmalar tekshiriladi.

Bundan tashqari, nazorat materiallarini tahlil qilish bo'yicha qo'llanma ham boʻlib, o'qituvchilar oʻquvchilarining baholarini batafsil izohlab berish imkoniga ega bo'ladilar.

Nazorat materiallari taqvim reja asosida, nazorat oʻtkazilishi lozim boʻlgan vaqtdan bir necha kun oldin viloyat xalq ta'limi boshqarmalari orqali yuborilishi rejalashtirilgan.

Nazorat materiallari yuboriladigan fanlar va sinflar roʻyxati:

1-, 2-, 3-sinflar uchun Ona tili va oʻqish savodxonligi;
6-, 7-, 10-sinflar uchun Ona tili.

Kanalga obuna bo'lish:
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube