Get Mystery Box with random crypto!

Hodisalarni ideallashtirish Jamiyat bizni muvaffaqiyatsizlikk | Go'sht va go'sht mahsulotlari

Hodisalarni ideallashtirish

Jamiyat bizni muvaffaqiyatsizlikka programmalaydi. Chunki qayerga qarama hamma natijalar haqida gapiradi, asl mohiyat har kunlik mehnatda yotgan bo'lsa ham.

-25 yoshli sportchi oltin medal yutib, uylik, mashinalik bo'ldi. Hamma uni omadi kelgani haqida gapiradi. Lekin 6 yoshidan beri zaldan chiqmagani, juda ko'p marosimlarga qatnasha olmagani, shu paytgacha yaxshi ko'rgan ovqatini yeya olmaganini hech kim gapirmaydi.

-30 yoshda millioner bo'lgan yigit haqida hamma yozib chiqadi. Ishining boshida uzoq vaqt tengdoshlaridan kam pul topgani, yillar davomida umuman ta'tilsiz ishlagani, birinchi mashinasini hali ham almashtirmaganini hech kim eslamaydi.

-3 yoshli bolakay Qur'onni yodlab berishi, qissalarni adashmasdan aytib berishiga hammaning havasi keladi. Ota-onasining kunduzlari 8 soatlab u bilan shug'ullangani, bir donagina planshet berib qo'yib qutulish o'rniga, tinmay kitoblardan qissalar o'qib berishi, uyqusiz tunlar va charchoq kunlar haqida gapirilmay ketadi.

-Har qanday kino, serial, kitobda kelin-kuyovning to'ygacha bo'lgan hayotida haqida so'z ketadi. To'ydan keyingi takroriy amallar, kichik yaxshiliklar, doimiy g'amxo'rlik, yuzlab qurbonliklar haqida gapirish esa zeriklarli hammaga.

Biz hodisalarni sevamiz. Mehnatni emas. Bizga bir martalik hodisalar muhim (to'y, universitetga kirish, farzand tug'ilishi), lekin bilmaymizki haqiqiy natijalar har kunlik mehnatsiz bo'lmaydi. Fokusimizni o'zgartiraylik:

To'ydan ko'ra - To'ydan keyingi har kunlik muomala va kichik yaxshiliklar muhim

Universitetga kirishdan ko'ra - Doimiy o'qib, izlanish muhim

Farzand tug'ilishidan ko'ra - Uning ta'lim va tarbiyasiga har kunlik e'tibor muhim

Katta natijalar - har kunlik odatlar, qurbonliklar, tartiblardan iborat katta harakatlar mahsulidir.

Jarayonni sev - natija o'zi keladi.

Aziz
Rahimov

@buyuklik_siymolari