Get Mystery Box with random crypto!

Go‘shtda transyog‘lar — yurak-qon tomir kasalliklariga olib ke | Go'sht va go'sht mahsulotlari

Go‘shtda transyog‘lar — yurak-qon tomir kasalliklariga olib keluvchi xavfli yog‘lar mavjud. Yog‘li go‘sht qovurilsa, uning yurakka ziyoni yanada kuchayadi. Qizil go‘sht iste'molini kuniga 70 g'gacha kamaytirilsa, salomatlikka zarar qilmaydi.

Go‘sht diabetni keltirib chiqarishi mumkin

Birinchi turdagi diabetning oldini olishning deyarli iloji yo‘q, lekin ikkinchi turdagi diabet rivoji ehtimolini pasaytirish mumkin. Vegetarianlar muntazam ravishda qizil go‘sht iste'mol qiluvchilarga nisbatan bu kasallikdan ikki karra kam aziyat chekishadi.

Buyraklar uchun ziyon

Diabet va yuqori qon bosimi buyrak yetishmovchiligiga ko‘p sabab bo‘ladi. Biroq go‘shtni haddan ziyod ko‘p iste'mol qilish ham shunga olib kelishi mumkin, deya ishonch bildirishmoqda olimlar. Shunday bo‘lsa-da, sut va tuxum kabi mahsulotlarda bunday ta'sir kuzatilmaydi.

Ichak kasalliklariga sabab bo‘ladi

Qizil go‘sht divertikulit, ya'ni ichak shamollashi rivojiga ham o‘z "hissasi"ni qo‘shadi. Go‘shtxo‘rlarda diverkulit yuzaga kelish xavfi boshqalarga nisbatan 58 foizga yuqori bo‘ladi.

Go‘sht zararini qanday kamaytirish mumkin?

Me'yorida ovqatlanish

Qo‘rqib ketdingizmi? Vegetarianlar qatoriga qo‘shilishga shoshilmang. Ularning taomnomasi ham kamchiliklardan xoli emas. Agar haftasiga 500 g'dan ortiq bo‘lmagan tayyorlangan qizil go‘sht iste'mol qilinsa, saraton va boshqa kasalliklar rivoji xavfi u qadar oshmaydi.
Go‘shtning muayyan turlarini tanlang
Temir moddasi kamroq bo‘lsa-da, vaqti-vaqti bilan parranda go‘shti va baliq iste'mol qilish ham foydadan xoli bo‘lmaydi. Agar qizil go‘sht yeyilsa, imkon qadar yog‘i kamrog‘ini iste'mol qilish maqsadga muvofiqdir: bu ko‘pincha ikkinchi turdagi diabetni keltirib chiqaruvchi yurak xuruji va ortiqcha vazn xavfini kamaytiradi.