Get Mystery Box with random crypto!

Kitoblari yo’q xonadon – xuddi ruhsiz tanaga o’xshaydi. Oilada | Zangiota АКМ

Kitoblari yo’q xonadon – xuddi ruhsiz tanaga o’xshaydi. Oilada tarbiyaning barcha mezonlari shakllantirilganidek, kitobxonlik madaniyati ham shu maskandan boshlansa yaxshi samara beradi. Oilada ota-ona kitobga mehr qo’ygan bo’lsa bunday oilada tarbiyalanayotgan farzand ham kitobga oshno bo’ladi, bunday bolalarning dunyoqarashi, fikrlash doirasi keng bo’ladi, xushmuomala, mehribon, boshqalarga iloji boricha yaxshilik qilishga urinadigan, har bir aytayotgan so’zi, qilayotgan ishini o’ylab bajaradigan, bir so’z bilan aytganda, o’zida barkamol shaxs xislatlarini namoyon qilishga harakat qiladigan ziyoli farzand bo’lib voyaga yetadi. Xalqimizning ajoyib udumlari, an’analari behisob. Ammo ular orasida bir an’ana borki, u haqda har qancha so’zlasang shunchalar oz. Sababi, eng yaqin do’st, eng zarur hamroh bo’lgan kitob, insoniyat kashf etgan ixtirolarning eng buyugi va eng qadrlisi, zamonlar o’tsa-da, o’z o’rnini hech nimaga bo’shatib bermagan mo’jizadir. An`anaga muvofiq dekabr oyining 17 sanasi “Kitobxon onalar” kuni sifatida nishonlanishi ham yuqoridagi fikrimizning yorqin dalilidir. Joriy yilning 17 dekabr kuni Zangiota tumani axborot-kutubxona markazida uy bekalarining bosh vaqtini mazmunli o`tkazish, ular o`rtasida kitobxonlikni keng targ`ib qilish, oilalarda adabiy immunitetni shakllantirish maqsadida “Kitobxon ona – oila ma`naviyatining ko`zgusi” nomli kitobxonlik soati o`tkazildi. Tadbirga yig`ilgan onalar takror va takror o`qiydigan kitoblari, sevgan adabiy qahramonlari, ba`zilari o`qigan kitoblari ularni o`zgartirgani haqida jo`shib so`zladilar. Tadbir ishtirokchilari tomonidan “Men sevgan kitob” nomli o`zlari sevib o`qigan kitoblarining taqdimoti o`tkazildi. Taqdimot o`tkazgan onalar orasida Nasiba Ubaydullayeva tomonidan o`tkazilgan Toxir Malikning “Odamiylik mulki” kitobining taqdimoti yig`ilganlarda katta taassurot uyg`otdi. Nasiba Ubaydullayeva “Eng faol kitobxon ona” deb topilib, axborot-kutubxona markazi direktori S.Axmedova tomonidan faxriy yorliq hamda kitob jamlanmasi bilan taqdirlandi. Tadbirga yig`ilgan ayollar kutubxona fondidagi adabiyotlar, yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishib, o`zlari qiziqgan kitoblardan o`qish uchun oldilar.