Get Mystery Box with random crypto!

Psixoterapiya

Telegram kanalining logotibi zamonaviy_psixologiya — Psixoterapiya P
Telegram kanalining logotibi zamonaviy_psixologiya — Psixoterapiya
Kanal manzili: @zamonaviy_psixologiya
Toifalar: Psixologiya
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 1.28K
Kanalning ta’rifi

🔱 Psixologiya dunyosi, muhabbat, munosabatlar, vositalar, hayotiy to'siqlar, 21-asrning turmush tarzi.
• Humanity should be our race. Love should be our religion.
AQSh, Kanada va Buyuk Britaniya psixologiya maktabi
@bh_hayitov [ Bobur Hayitov]

Ratings & Reviews

3.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 2

2022-08-27 01:57:51 Kelajakdagi qizimga xat

Men doim yoqimtoygina qizim bo’lishini xohlaganman. Mayli, bitta og’lim ham bo’lsin. Lekin yagona qizimni hatto ismigacha aniqlab qo’yganman — Sevinch.

Sevinch, qizalog’im. Ushbu xatni 2022-yildan yozyapman. Ayni damda O’zbekistonda, g’alati bir insonlar atrofidaman. Bizning bugungi jamiyat qiz farzand o’stirish uchun munosib emas. Surish kerak deb yurgan kam sonli ko’zi ochilganlardan biriman. Sen dunyoga kelguncha men boshqa bir sog’lom jamiyatga bir yo’la qaytib kelmaydigan bo’lib, ketishga va’da beraman.

Jajji yoqimtoyim, senga uzoooq qarab turib, bir kun qaysidir manyak uning eriman deb seni pichoqlab ketishi mumkinligi haqida o’ylab qattiq og’rinaman. Turmushga bergim ham kelmaydi. Afsuski bizda doim shunaqa tresh xabarlar chiqib turadi, bugungidek.

Qo’rqma, men senga beradigan tarbiya va maslahat bunga yo’l qo’ymaydi. Aytganimdek, sog’lom jamiyatda yashashingni ham kafolatlayman. Bu yerlarga kelmasang ham roziman.

Bolalik — biz, ota-onang bilan ajoyib o’tadi katta ehtimol, yoshlikda esa biroz qiyinchiliklarga duch kelishing mumkin, maqsadlar ortidan yugurish degandek. Ammo keyin haqiqiy hayot boshlanadi.

Turmush o’rtoq bu sening tanloving. Hech qachon unutma. Men yoki oying majburlashiga ham, buvang to’yini ko’rsam armonim qolmasdi deyishiga ham, do’st va tanishlaring nima desa ham, yodingda tut: Bu sening tanloving, faqat o’zingniki.

Turmushga chiqishdan oldin, uni sev, ishon, undan ham shuni his qil. O’zaro mustahkam rishta bog’la. Orada hech qanday yolg’on, shubha va umuman hech narsa qolmasin. Buni uddalashingga ishonaman. Bu munosabatlar sovimasligi uchun sen ham harakat qil. Qiziq inson bo’l. Yoqimli. Bilimli. Quvnoq. Har doim shunday bo’l. Taslim bo’lma.

Sening tomiringda oqayotgan qonlar haqida falsafa o’qib boshingni qotirmoqchi emasman. Bu xatni qaysi davrda o’qishing mumkinligi haqida ham taxminan bilaman. Shundan kelib chiqib, qanday xohlasang, shunday yashashingni maslahat beraman. Hech kimga qattiq bog’lanib qolma va o’zingni ojiz sanama. Hatto yoningdagiga nisbatan ham.

Sen hayotingni birinchi qismida – bizning, ikkinchi qismida esa o’z oilangni – yuzisan. Bu katta mas’uliyat. Zavqli daqiqalarni butun bir umrga, tarixga almashma. Xuddi o’zingga o’xshagani bilan birga baxtli yasha!

(Bu birinchi qism, kundaligimni men uchun eng asosiy qismlaridan biri). Balki senga hali ko’p yozarman. Seni o’zidan ham ko’proq yaxshi ko’ruvchi Dadajoningni unutma :)

27.08.2022 /
@ilyosbek
530 viewsBobur Hayitov, 22:57
Ochish/sharhlash
2022-08-25 10:14:28 Kimdir sizni haqorat qildi va kerakli tugmachani bosdi. Siz esa bunga munosabat bildirdingiz. Siz g'azablanasiz, haqoratchiga sakraysiz va buni mustaqil harakat deb ataysiz!

Esingizda bo'lsin, bu mustaqil harakat emas, bu reaktsiya.

Sizning haqoratchingiz mashina operatori, siz esa mashinaning o'zi edingiz. U kerakli tugmachani bosdi va siz mashina kabi ishlay boshladingiz. Mashinada tugma bosilganda chiroq yonadi va o'chadi. Boshqalar siz bilan xuddi shunday qilishadi: ular sizni yoqishadi yoki o'chirishadi.

Biror kishi sizni maqtaydi, u sizning egoingizni shar kabi shishiradi va siz o'zingizning buyukligingizni his qila boshlaysiz. Keyin boshqa esa to'pni teshib yuboradi va siz jonsiz erga yiqilasiz.

Siz o'zingizning xo'jayiningiz emassiz: har kim sizni xafa qilishi, xursand qilishi, g'azablatishi va sizni aqldan ozdirishi mumkin. Har kim sizni maqtay oladi, osmonga ko'taradi; Shu sabab siz o'zingizni shunchalik buyuk his qilasizki, hatto Aleksandr Makedonskiy ham sizga nisbatan ahamiyatsiz va ojiz bo'lib qoladi ...

Siz boshqalarning hiyla-nayranglariga muvofiq harakat qilyapsiz. Bu harakat rejasi to'g'ri emas.


Bobur Hayitov

@zamonaviy_psixologiya
813 viewsBobur Hayitov, 07:14
Ochish/sharhlash
2022-08-24 18:23:48
771 viewsBobur Hayitov, 15:23
Ochish/sharhlash
2022-08-24 05:37:30 Hayot boshqalarga qarshi poyga emas. Kim sizdan oldinda va kim sizdan orqada ekanligini taqqoslash va tashvishlanish uchun vaqt va kuchingizni behuda sarflamang. Kechagidan yaxshiroq bo'lishga e'tibor qarating.
810 viewsBobur Hayitov, 02:37
Ochish/sharhlash
2022-08-24 03:45:52 Бола тарбиясида ота-онанинг вазифаси ҳақида гапирдик. Лекин, бу масалада мени қийнайдиган бир нарса бор. Атрофда жуда кўплаб ота оналар бола тарбиясини яхши едириб ичизиш, яхши кийинтириш деб биладилар. Боланинг тарбияси ёки унга меҳр бериш, у муаммога дуч келганда руҳий қўллаб қувватлаш, у билан шуғулланиш эмас, айнан яхши едириш ва кийдириш приоритетга айланган. Мактабга ёки қайсидир курсларга бериш ҳам моддий томондан қаралади. Инглиз тили курсига бердимку, пулини тўлаяпманку дейди. Лекин, бола билан ишлаш, унга қизиқиш йўқ.
Кўринишидан кўпчилик ўзининг бирламчи вазифаси боланинг тарбиясидан кўра уни моддий таъминлаш деб ўйлайди.

Бунақа қараш ортидан бўлса яхшигина муаммолар келиб чиқиши мумкин. Яна тепадаги мавзуга қайтсак, бола бир кичик инсон, унда ҳам кўнгил, унда ҳам дардлар, инсоний меҳрга ехтиеж бор. Уни парваришлаш, тўғри қадриятли шахс қилиб тарбиялаш аввало бизнинг вазифамиз, мактаб, маҳалла ёки қариндошларнинг эмас.

@allaevuzb
753 viewsBobur Hayitov, 00:45
Ochish/sharhlash
2022-08-21 17:08:29Ҳаёт сизга сиз хоҳлаган одамларни бермайди.

У сизга керак бўлган одамларни беради. Улар сизга озор етказади, сизни севади, сизга ўргатади, сизни синдиради, буларнинг ҳаммаси сизни кучли қилади ва сиз ўзингиз хоҳлаган одамга айланасиз.

Ҳаётингизда ҳеч бир одам бекорга пайдо бўлмай ва бекорга йўқ бўлмайди.

@bektoshkhatamov

——

Жизнь не даёт вам людей, которых вы хотите.

Она даёт вам людей, в которых вы нуждаетесь. Они причиняют вам боль, любят, учат вас, ломают вас, чтобы превратить вас в того, кем вы должны быть.

Никто в вашей жизни просто так не появляется и просто так не исчезает.

@bektoshkhatamov
828 viewsBobur Hayitov, 14:08
Ochish/sharhlash
2022-08-20 10:21:45 Бизнинг муаммоларимиздан бири ўзимизни бошқалар билан солиштиришдир. Кимдир биздан кўра бойрўқ, соғломроқ, ақллироқ, омадлироқ ва иқтидорлидир.

Facebookда бир гап ўқиб қолдим: Баланд уй қурган одам, қўшнисининг уйи ўзиникидан пастроқ эканлигидан эмас, ўзининг уйи баланд эканлигидан хурсанд бўлиш керак.

Бошқа бир мисол. Танишим икки йил олдин 1 800 000 Сўм ойликка кун кўрарди. Тошкентда яшаш қийинми, доим пули етмасдан қарз сўрар, доимий стрессда юрарди. Кейин, у бир кичик бизнес бошлади ва бугун 12-15 миллион атрофида даромад қиларкан. Энди у унинг рақиби бўлган тадбиркор 20-25 миллион даромад қилаётганидан хафа. У ўзини кечаги куни билан эмас, бир неча йиллик тажриба, доимий мижозларга эга бўлган, кўпроқ инвестиция қилолган бошқа тадбиркор билан солиштиряпти.

Ўйлайманки, одам ўзини фақат ўзи билан солиштириш керак. Кеча қанақа эдим, бугун қанақаман. Бугун сан кечагидан ақлли, бой, бахтли, самарали, кенгроқ таъсир кучига эга одамга айландингми? Жавоб «ҳа» бўлса, демак сан тўғри йўлдасан. Агар одам ўзини ўзи билан солиштириб, фақат олға интилса, ҳар сафар ўзидан ўзса, ишонинг у доим шукур қилиб бахтли бўлади.

Буларнинг ҳаммаси ИМҲО, шунчаки.

@allaevuzb
812 viewsBobur Hayitov, 07:21
Ochish/sharhlash