Get Mystery Box with random crypto!

​​Kutgandingiz-a? Zaman - yangi mavsumda yangiliklar bilan! | Zaman akademiya

​​Kutgandingiz-a?

Zaman - yangi mavsumda yangiliklar bilan!

Demak, yangiliklardan avval nega shuuncha vaqt “yo’q” bo’lib qolganimiz haqida ikki og’iz. Axir to’g’rida, Sizdek sodiq obunachilarimiz bilan sog’lom munosabatimiz kaliti - muloqot emasmi? Tushunish uchun tushuntirish lozim bo’lganidek, Sizlarni ko’p kuttirganimiz uchun ma’zur so'rab, tushuntirishni boshlaymiz.

Ko’k choydan ho’plab-ho’plab, o’qiyverasiz:

“Mutarjim Arobiy” esingizda-a? CEFR imtihoniga noyabr oyi uchun joylar to’layotgani haqida eshitgandirsiz? Ikkala savol o’rtasida bog’liqlik qani desangiz, “Mutarjim arobiyda” ayni shu imtihon joylarini to’ldirayotgan o’quvchilarimiz o’qishadi-da, deymiz. Sizlar bilan muloqotimiz kamayishiga esa ayni shu kurs materiallari tun-u kun yangilanayotgani “balogardon”. Axir, sifat - bizning asosiy qurolimiz. Sifatli material esa kuzatuvga asoslanadi. Kuzatuv vaqt talab qiladi.

“Online mutolaa”da o’qiyotganlar bilishadi, birinchi bosqich tugash arafasida va biz nafaqat 1-bosqich uchun qabul boshladik, balki 2-bosqichga navbatda turganlar bilan ham aloqalar o’rnatishga shaylandik. Ishlar qizg’in, chunki sifatli ta’lim diqqatni, shijoatni talab qiladi!

Endi, arab tilini ham telefonni qo’ymasdan, quloqchinni yechmasdan, samarali o’rganishingiz uchun Zaman o’quv bo’limi yaqin orada ishga tushirilishi kutilayotgan ustida tinimsiz ish olib bordi. Bilasiz, sovg’alar egasi - faqat Sizsiz!

Choy sovib qolmadimi? Yaxshi, yangiliklarga o'tdik unda:

O’qitish uslubi bo’yicha O’zbekistonda yagona ekanligiga kafolat beradiganimiz va arab tiliga ham zamonaviy (kitoblar, yangiliklar, universitet ma’ruzalari, biznes tili) ham klassik (qadimiy kitoblar, siyosatshunos, jamiyatshunos, geograf Ibn Xoldunning “Muqaddima”sini asl manbasida o’qishni istaydiganlar tili) rakursdan bemalol qarab, tushunib, fikrlay oladigan bo’lishingizni ta’minlashga qaratilgan kurs taqdimoti. Bu haqida alohida keyingi choyxo’rlikda

Endigi yangilik haqida quyidagilarnigina ayta olamiz, u:
- bolalar uchun;
- xalqaro sifat;
- fikrlash’ni o’rgatadi;
- o’zbek segmentida yagona.

Xullas, do’stlar! Muloqot shunday kuchli qurol bo’lganidan, mana bir choynak choy tugaguncha bir-birimizni tushunib oldik. Nima deysiz?

Endii, biz ishga Siz choy yangilashga turdik!

Yuzma-yuz suhbat uchun, manzillarimiz o’sha:

: Lokatsiya
: +998983100042

Telegram l Instagram l Facebook l YouTube