Get Mystery Box with random crypto!

​#person #Oybek Oybek, asl ism-sharifi Musa Toshmuhammad oʻg | Zakopediya

#person
#Oybek

Oybek, asl ism-sharifi Musa Toshmuhammad oʻgʻli (1905-1968) - shoir, yozuvchi, adabiyotshunos olim va jamoat arbobi. Oʻzbekiston xalq yozuvchisi(1965), Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi akademigi (1943). Oybek hunarmand-boʻzchi oilasida tugʻilgan. Dastlab Oqmasjid mahallasidagi eski maktabda (1911-1917), soʻng Munavvarqori Abdurashidxonov tashkil etgan „Namuna“ maktabida (1918-1921) boshlangʻich maʼlumot oladi. Shundan keyin Navoiy nomidagi taʼlim va tarbiya texnikum-internatida tahsil olgach (1921-1925), Toshkent unversitetining ijtimoiy fanlar fakultetida (1925-1927), Leningrad xalq xoʻjaligi institutida oʻqiydi va ogʻir xastalikka chalingani sababli yana Toshkentga qaytib, Toshkent unversitetida oʻqishni tugatadi (1930).

Oybekning nasriy merosi 5 roman („Qutlugʻ qon“, „Navoiy“, „Oltin vodiydan shabadalar“, „Quyosh qoraymas“ va „Ulugʻ yoʻl“), 4 qissa („Shonli yoʻl“, „Hyp qidirib“, „Bolalik xotiralarim“ va „Bola Alisher“) hamda bir qancha hikoya va ocherklardan iborat.

Oʻzbek kitobxoni Oybek tarjimasi orqali Rim adabiyoti namunalari, J.B.Molyerning „Tartyuf“, Aleksander Pushkinning „Yevgeniy Onegin“, Mikhail Lermontovning „Maskarad“, „Dovud Sosunli“ arman eposi, G. Geyne, I. A. Krilov, V. G.Belinskiy, E. Verharn va boshqalarning asarlari bilan tanishdi.

Zakopediya - Aqlingni charxla!