Get Mystery Box with random crypto!

​#didyouknow Olimlar Edvard Munchning mashhur “Qichqiriq” ka | Zakopediya

#didyouknow

Olimlar Edvard Munchning mashhur “Qichqiriq” kartinasidagi sirli yozuv muallifi norvegiyalik rassomning o‘zi ekanligini aniqladi. Asarning yuqori chap burchagida qalam bilan zo‘rg‘a ko‘rinadigan: “Bunday narsani faqat telba chiza olardi” degan yozuv bor.

Uzoq vaqt davomida san'atshunoslar uning qanday paydo bo'lishi mumkinligi haqida bahslashdilar. Ba'zilar buni hayoti davomida ruhiy salomatlik bilan bog'liq muammolarga duch kelgan Munchning o'zi amalga oshirgan deb hisoblashsa, boshqalari bu tuval mazmunidan norozi bo'lgan ko'rgazmaga noma'lum tashrif buyuruvchining ishi, deb taxmin qilishadi. Norvegiya Milliy galereyasi mutaxassislari rasmni infraqizil skanerlash yordamida o‘rganib chiqishdi va Munchning o‘zi bu yozuv muallifi degan xulosaga kelishdi. Buning uchun ular rassomdagi harflar va rassomning kundalikdagi harflar bilan taqqoslab koʻrishadi.

May Britt Guleng - Norvegiya milliy galereyasi rahbarining so'zlariga ko'ra, rassom ko'rgazmaga tashrif buyuruvchilar bilan uchrashgandan so'ng o'z rasmiga bir necha so'z yozgan, unda tomoshabinlardan biri, tibbiyot fakulteti talabasi buni tasdiqlaganini aytib oʻtadi

Zakopediya - Aqlingni charxla!