Get Mystery Box with random crypto!

Zafar Ibrohimov

Telegram kanalining logotibi zafarbekibrohimov — Zafar Ibrohimov Z
Telegram kanalining logotibi zafarbekibrohimov — Zafar Ibrohimov
Kanal manzili: @zafarbekibrohimov
Toifalar: Kattalashtirilmagan
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 2.22K
Kanalning ta’rifi

Founder & CEO at @techcells

Ratings & Reviews

2.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

2


Oxirgi xabar 2

2022-04-20 15:28:28
Katta kompaniyaga ishlagan yaxshiroqmi yoki yaxshi yoʻlga qoʻyilgan kichikroq kompaniyaga?

Koʻpchilik “brand” yoki “status” uchun katta kompaniyani afzal koʻradi, ammo shaxsan menga yaxshi yoʻlga qoʻyilgan kichikroq kompaniyalar koʻproq yoqadi. Ikkalasida ham ishlab koʻrganman.

Katta kompaniyada siz katta bir mashinani kichik bir qismi boʻlasiz, borligingiz yoki yoʻqligingiz uncha sezilmaydi. Ketsangiz ham hech kim eslamaydi, odam koʻp, keldi-ketdi koʻp. Menejmentga unchalik yaqin boʻlmaysiz. Tanigan eng yaqin rahbaringiz oʻzingizga toʻgʻridan toʻgʻri boshliqlik qiluvchi menejer. Hamma narsa bir maromida, sokin, intensity kam.

Yaxshi yoʻlga qoʻyilgan kichik jamoalarda esa “growth” mindset boʻladi, ular koʻproq aktiv boʻlishadi. Oʻsamiz, oʻtib ketamiz, ulguramiz, qila olamiz kabi doimiy shiddat bor. Hamma bir-birini taniydi. Bir oiladek. Kompaniya egasi va eng katta rahbar bilan hatto yaqin doʻst ham boʻla olishingiz mumkin.

Kultura va muhit eng muhim omillar deb bilaman.

Siz qanday fikrdasiz?

@Zafarbek
5.4K viewsedited  12:28
Ochish/sharhlash
2022-04-14 18:11:41
Tinib tinchimagan Elon Musk Twitterni 43 Milliard Dollarga sotib olmoqchi!

Eplab bo'lmayabdi brat ni :)

Manba

@ZafarbekIbrohimov
5.6K viewsedited  15:11
Ochish/sharhlash
2022-04-14 16:07:10
Starting a new job and joining a new team can be hard for some people. Blending in is the tricky one for sure.

So with new members joining our family, we try to welcome them in the warmest ways possible, may it be going out for a meal or playing games.

Last weekend was not an exception either!

To get to know each other better (mostly to surface their darkest sides ) we played “Mafia”. And it was fun to play this game with new people, you will know a lot about them and their personalities.

This especially helps to strengthen the bond between teammates.


“There is virtue in work and there is virtue in rest. Use both and overlook neither.”Alan Cohen

@techcells

LinkedIn | Website
4.5K views13:07
Ochish/sharhlash
2022-03-30 09:56:59 Ojiz qolganimizda, qoʻlimizdan hech narsa kelmay qolgan payt ham, hech boʻlmasa orzu qilish kerak ekan. Har holda orzu qilishga har kim qodir.

2010 yil Work & Travel dasturi orqali AQSHga borganimda, Lifeguard (suvda qutqaruvchi) boʻlib ishlaganman, va sovuq oʻtgan shekilli tishim qattiq ogʻrib qolib muddatidan erta ortga qaytishimga toʻgʻri kelgan. Oʻsha payt men bilan borgan doʻstlarim buni yaxshi bilishadi. Ular mendan soʻng ancha qolishdi AQSHda.

Toʻgʻrisi muddatidan oldin ortga qaytish juda alam qilgan. Chunki 20 yoshlik yigit, AQSHda, maza qilib yurgan edim, ishlab, oʻrganib, doʻstlar orttirib, sayohat qilib.

Qaytar ekanman, Chicagodagi OʻHare aeroportida oʻtiribman, parvozimni kutib. Aeroport oynasidan shundoq uni yonida joylashgan Hilton mehmonxonasi koʻrinib turardi. Zerikdim. Qoʻlimda notebook bor edi, yangi sotib olgan edim, ochdim-da yoza boshladim. Ichimdagi alamni yozdim, qaytib ketayotganim haqidagi hislarimi yozdim, va oxirida taxminan shunday jumlalar bor edi. “Xudo xohlasa shu yerga yana albatta qaytib kelaman. Chicagoda yashayman. Erta qaytayabman-mi uyimga, yana kelaman AQSHga. Endi nafaqat oʻzim, balki butun oilam bilan kelaman. Kelaman va shu Hiltonda turaman 1-2 kun!!!”. Ortidan 3 ta undov ham bor, xuddi oʻzimga-oʻzim vaʼda berganday.

Oradan yillar oʻtdi. U yozganlarim esimdan ham chiqib ketdi. Kompyuter ham yoʻq boʻlib ketdi eskirib. 2015 yil AQSH ga qaytdim magistratura oʻqishga. Los Angeles, Californiya. Magistraturani tugatdim, maqsad AQSHda qolish. Vizaga sponsorlik qilib bera oladigan ish qidira boshladim. EPAMga kirdim, AQSHda turib, ular hali Oʻzbekistonga kelishmagan edi. Google ga ishlaysan deyishdi, San Franciscoga koʻchib oʻtishing kerak dedi, H1B visa qilib berishdi. Yoʻq dedim. Forte Group ga kirdim, ular Chicagoga koʻchib oʻtasan, Green Cardta qilib beramiz deyishdi. Menga Forte koʻproq yoqdi, qolaversa San Franciscodan koʻra Chicago yashashga arzonroq edi. Beixtiyor hoʻp dedim (xuddi Alloh meni boyagi orzuyimga, niyatimga boshlab borayotganday). Lekin Chicagoga qaytaman deb 7-8 yil oldin yozgan notelarim esimda ham yoʻq.

Chicagoga koʻchib oʻtdik oilaviy. Los Angeles dan poyezda keldik, yuklarimiz koʻp boʻlgani uchun. Yashab yurdik, bir necha hafta oʻtdi. Bir doʻstimiz Chicagoga kelishi kerak bo'lib qoldi, aeroportga uni kutib olishga chiqdim. Aeroportga yetib borar ekanman, tanish manzaradan qotib qoldim. Aeroport va uni yonida joylashgan Hilton mehmonxonasi! Hotiralarim birin-ketin koʻz oldimdan oʻta boshladi. Hammasi esimga tushdi! Qidirib borib bundan 7-8 yil oldin oʻtirib yozgan kursimni ham topdim, turibdi (yerga qotirilgan). Uyga yetib bormagunimcha 2010 yildan qolgan xotira miyamda tinmay aylandi, Allohni ishlariga, nega kelishni reja ham qilmagan joyimga, Chicagoga aylanib-oʻrgilib qaytib kelib qolganimni tushunganday boʻldim.

Uyga kelib ayolim va qizimga boʻlganlarni va xotiralarimni aytib berdim. Ular hayron. Onasi, qiladigan yana bitta ishimiz qoldi dedim. Telefonni qoʻlimga oldimda Hiltonga qoʻngʻiroq qilib ertagilikka bitta lux xona book qilib qoʻydim. Ertasiga keldik, oilaviy, Hiltonda 1 kun orzularimizni yashab ketdik, atayin!

Shundan beri Chicagoga bogʻlanib qoldim. Niyat ketgan ekan :)

@ZafarbekIbrohimov
6.7K viewsedited  06:56
Ochish/sharhlash
2022-03-14 19:21:31 Ukrainadagi siyosiy vaziyatning O‘zbekiston IT bozoriga ta’siri

Xabaringiz bor, hozirgi kunda Ukrainada kuzatilayotgan siyosiy notinchlik tufayli Oʻzbekiston IT bozorida ham mos ravishda oʻzgarishlar kuzatilmoqda.

Xususan, koʻplab mahoratli mutaxassislarning bizning bozorga kirib kelayotgani soha vakillarida bir talay savollarni uygʻotishi tabiiy.

Ushbu savollarga yechim izlash maqsadida tajribali freelancer, “Tech Cells” kompaniyasi rahbari Zafarbek Ibrohimov bilan telegram ijtimoiy tarmog‘ida audio suhbat o‘tkazdik.

Muloqotga qatnasha olmagan kuzatuvchilarimiz uchun suhbatning yozib olingan ko‘rinishini taqdim etamiz.

Marhamat, o‘zingiz uchun kerakli ma’lumotlarni tinglang va yaqinlaringizga ham ulashing!

Video suhbat -



Telegram | Instagram | YouTube
6.3K views16:21
Ochish/sharhlash
2022-03-12 17:58:31
Sharqiy Yevropadagi hozirgi vaziyatning Oʻzbekiston IT bozoriga, ayniqsa frilanse bozorga qanday tasir qilishi haqida jonli suhbat.

Oʻzbekistonga kirib kelayotgan mutaxassislarning mahalliy IT rivojidagi roli haqida ham gaplashamiz.

Hozir, 20:00 da.

https://t.me/avlopodcast

@ZafarbekIbrohimov
7.3K views14:58
Ochish/sharhlash
2022-03-10 20:28:00
UpWork endi Rossiya va Belarusda ishlamaydi. Bu yuz minglab UpWork accountlari degani. UpWorkda bizning mintaqadagi frilanserlarga talab oshishi kutilayabdi. Bizni accountlarga mijozlardan murojatlar ham ohirgi kunlarda ancha ko'payib qoldi.

Manba

UpWorkda ishlashini o'rganmoqchi bo'lganlar uchun: https://itstars.uz/courses/upwork/

@ZafarbekIbrohimov
13.9K viewsedited  17:28
Ochish/sharhlash
2022-03-08 17:02:20 Ingliz tilini intermediate darajada biladigan, junior .NET va front-end (Vue/React) dasturchilarni TechCells'ga internshipga qabul qilamiz.

@dyousupova ga yozinglar.

@ZafarbekIbrohimov
10.1K viewsedited  14:02
Ochish/sharhlash
2022-03-04 09:53:20 DIQQAT!

Forte Group bir qancha pozitsiyalar boʻyicha Oʻzbekistonlik dasturchilarni ishga taklif qiladi.

Forte 1000 ga yaqin xodimlarga ega boʻlgan, jadallik bilan oʻsib borayotgan, yetakchi IT kompaniya hisoblanadi.

Quyidagi linklardan foydalanib ishlarga topshirishilar mumkin.

Hamma positsiyalar 100% remote! Xohlovchilar ofisda ishlashi ham mumkin.

Share qilib yuborsangiz minnatdor boʻlardim! : )

- Middle React Developer - https://lnkd.in/dqmGHtqv

- Sr/Lead Frontend Developer - https://lnkd.in/dASwbKyp

- Md/Sr .Net Developer - https://lnkd.in/dgtUQVSA

- Sr/Lead Java FullStack Developer - https://lnkd.in/dDKvWZWB

- Middle Node/React Developer - https://lnkd.in/dqh9v7ZP

- Sr Salesforce Developer - https://lnkd.in/dQ6Qdjn9

- Manual QA Engineer (Web and Mobile) - https://lnkd.in/dZRkecGN

- Senior QA Automation Engineer (JS) - https://lnkd.in/d5TBwgUK

- Test Automation Architect (C#) - https://lnkd.in/dPXMw7e8

- Sr iOS Developer - https://lnkd.in/dNEsVb-Z

- Sr Android Developer - https://lnkd.in/dPWaZ99y

- SRE Team Lead - https://lnkd.in/d9epkhGt

Forte Group ni saytiga kirib, o'zingizga mos keluvchi boshqa ishlarga ham apply qilishingiz mumkin.

@ZafarbekIbrohimov
25.3K viewsedited  06:53
Ochish/sharhlash
2022-03-02 19:22:11
Ukrainadagi urushlar fonida, eng katta ofislaridan biri Ukrainda joylashgan EPAM kompaniyasi deyarlik 15 milliard dollar yoʻqotdi. Kompaniya aksiyalari soʻngi 30 kun ichida deyarlik 50% ga arzonlagan.

Afsuski urush, sharqiy Yevropa IT bozoriga va uning taraqqiyotiga jiddiy zarba berdi.

@ZafarbekIbrohimov
8.1K viewsedited  16:22
Ochish/sharhlash