Get Mystery Box with random crypto!

Remote yoki Ofis? IT sohasi vakillari orasida, qay biri samar | Zafar Ibrohimov

Remote yoki Ofis?

IT sohasi vakillari orasida, qay biri samaradorroq ekani haqida koʻp bahs qilinadigan mavzu.

Odatda xodimlar remote ishlash yaxshi deydi, ish beruvchilar esa ofisda ish yaxshiroq boʻladi deydi.

Ham developer (employee) va ham tadbirkor (employer) sifatida masalaga ikki tarafdan ham qarayman. Remote ham ishlab koʻrganman, ofisda ham ishlab koʻrganman. Remote xodimlarimiz ham bor, ofis xodimlarimiz ham bor.

Bu masalada meni xulosam shuki — bari bir ofisda ishlash samaraliroq!

Nega?

Ofisda xodimlar bir-birlari bilan tezkor aloqa qila oladi, tezkor fikr almasha oladi, jonlik muloqotlar, ishdan tashqari shaxsiy suhbatlar qila oladi va bu ularni yaqinlashtiradi. Oilaviy hayotdan biroz boʻlsa-da chalgʻiydilar. Bir-birlariga tez yordam bera oladilar. Kompaniyani kulturasini ham ofis muhitida ushlab turish va rivojlantirish osonroq. Hodimlar shaxsiy oʻsishlarida ham katta foydasi bor. Remote ishda yuqoridagi masalalarni deb koʻp vaqt “zoom meeting”larda oʻtib ketadi. Miscommunication boʻladi, va bu koʻp hollarda ish sifatiga taʼsir qiladi.

Bu ancha muhokama qilsa boʻladigan mavzu, va bu masala baʼzan xodimni xarakteriga va jamoadagi umumiy muhitdan kelib chiqib hal qilinishi kerak boʻlgan narsa. Masalan intizomsizligi bilan tanilgan xodimga aslo remote ishlashga ruxsat berib boʻlmaydi.

@ZafarbekIbrohimov