Get Mystery Box with random crypto!

​​#bildirgi KITOBXONLARNING HAQLI SAVOLLARIGA JAVOB Tatar yo | Zabarjad Mediа

​​#bildirgi

KITOBXONLARNING HAQLI SAVOLLARIGA JAVOB

Tatar yozuvchisi Go'zal Yaxinaning "Zulayho ko'zini ochyapti" nomli bestseller asari nashriyotimiz tomonidan o'zbek tilida chop etilganidan xabardorsiz. Ba'zi kitobxonlar orasida bu romanni mahalliy telekanallardan birida efirga uzatilgan "Zuleyha" seriali bilan adashtirish holati kuzatilmoqda. Mazkur chalkashliklarga aniqlik kiritadigan ba'zi ma'lumotlarni keltirib o'tsak:

— "Zulayho ko'zini ochyapti" romani ilk bor 2015-yilda nashr etilgan va 2020-yili rus kinoijodkorlari tomonidan asar asosida ayni shu nomdagi sakkiz qismli teleserial ishlangan bo'lib, unda mashhur aktrisa Cho'lpon Hamatova bosh rolni ijro etgan;
— o'zbek tomoshabinlari orasida mashhur bo'lgan "Zuleyha" seriali esa asliyatda "Bir Zamanlar Çukurova" deb nomlanadi, 2018-yildan teleekran yuzini ko'rgan, 4 fasl va 141 bo'limdan iborat, Zuleyha rolini turk aktrisasi Hilal Altınbilek ijro etgan;
— Go'zal Yaxinaning asarida o'tgan asrning o'ttizinchi yillaridagi quloq qilish siyosati, Yoʻlbosh deb ataluvchi tatar qishlog'i aholisi Sibirga surgun qilinishi, sovuq o'lkalarda turli millat, din va irq vakillarining tirik qolish uchun birday kurashishi tasvirga olinadi va bu orqali muallif insonni yashash huquqidan mahrum qilish kabi og'riqli mavzuga qo'l uradi;
— xalqimizga ma'lum serialda esa yuqoridagi asar mavzusidan tubdan farq qiluvchi maishiy muammolar ochib berilgani, Zuleyha ismli ayolning ikki erkak o'rtasida talash bo'lishi sahnalari serialning asosini tashkil qilishini bilasiz.

P.S: Unutmang, Zabarjad Media nashriyoti sinchkov kitobxonlarning talablarini inobatga olgan holda, har bir kitob nashriga mas'uliyat bilan yondashadi. "Zulayho koʻzini ochyapti" asari ham mavzu, uslub va saviya jihatdan yuksak didli kitobxonlar eʼtiborini qozonishiga aminmiz.

@ZabarjadMedia