Get Mystery Box with random crypto!

#jadidlar_avlodimiz Ko‘r bizning ahvolimiz, g‘aflatda qanday | Zabarjad Mediа

#jadidlar_avlodimiz

Ko‘r bizning ahvolimiz, g‘aflatda qanday yotamiz,
Joyi kelgan chog‘ida vijdonni pulg‘a sotamiz.
O‘g‘limizg‘a na adab, na fan, na yaxshi so‘ylamak,
Na xudoni buyrug‘i bulgan ulum o‘rgotamiz.

Korimiz shundan iborat bo‘ldi ushbu vaqtda,
O‘ntadin bedona boqib yozu qish sayrotamiz.
Hamda har kun takyalarda nasha ko‘knori chekib,
Bachchag‘a kokil solib, oh-voh ila o‘ynotamiz.

Qarimiz, boyonimiz, balki bu vaqt oqvondamiz,
Nogahon ko‘rsak agar bir besoqolni qotamiz.
O‘rtadan chiqsa agar millatni yaxshi suyguchi,
Biz ani dahriy sanab, to‘fangcha birla otamiz.

Kelingiz yoshlar, ziyolilar bu kun g‘ayrat qiling,
Uxlaganlarni agar qodir esak uyg‘otamiz.

Abdulla Qodiriy

@Zabarjadmedia