Get Mystery Box with random crypto!

​​Meni uyaltirgan kitob Kitobning yaxshi-yomoni bo'lmaydi e | Zabarjad Mediа

​​Meni uyaltirgan kitob

Kitobning yaxshi-yomoni bo'lmaydi ekan-ku, ammo judayam yaxshisi bo'lar ekan. Gap "Men ikkiga kirguncha" kitobi haqida ketyapti. Rostan kitob juda foydali, ayniqsa men kabi sho'ring qurg'ur, o'zicha qattiqqo'l va bolasini harbiychasiga tarbiyalaydigan onalar uchun.

To'g'risini aytsam, kitobni o'qib juda uyaldim. Jajjigina Bahora tilidan hikoya qilingan ushbu kitob bolalar tilidan hikoya qilingan. Anglashlarim:

...Bolaning ikki yoshigacha bo'lgan davr, eng muhim vaqt ekan.

... Bolangizning qilgan ishini rag'batlantirib tursangiz, u albatta bu ishni yana ishtiyoq bilan, mehr berib qilar ekan.

... Ularni bola, hech narsani bilmaydi deyishimiz xato, chunki ular hammasini his qilib turishar ekan.

... Ularga ertak aytib berish, ularning fikrlashini o'stirar ekan.

... Allaning kuchi, chaqaloqlar allani juda ham yaxshi ko'rar ekan.

Bu kitobni shunchaki tavsiya qilmayman, onalardan va bo'lajak onalarga, umuman hammaga "O'qing" deya buyruq ohangida xitob qilaman. Vaqtingiz bo'lganida emas, albatta, vaqt topib o'qing.

O'rinova Shohista, kitobxon

Charos Rahimqulova "Men ikkiga kirguncha"

@ZabarjadMedia — kitoblashamiz.