Get Mystery Box with random crypto!

#savolim_bor Assalomu alaykum men hozir yashayotgan uy 1985-yi | yurist_uzbek

#savolim_bor
Assalomu alaykum men hozir yashayotgan uy 1985-yilda qurilgan. Shu uyni kadastr hodimlar kelib, aniqlaganda men yashayotgan uy joylashgan yer noqonuniy tartibda o’zlashtirgan yer bo’lib chiqmoqda. Men qanday yo’l tutishim kerak.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 29-dekabrda 1060-son qarorining 23-bandida O‘zbekiston SSRning Yer kodeksi (1970-y 25-sentabrdan 1990-y 20-iyungacha amalda bo’lgan) amal qilgan davrda O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining olingan yer uchastkalariga bo‘lgan meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun davlat arxivlari tomonidan tasdiqlangan quyidagi hujjatlar asos bo‘ladi.

tegishli tumanlar, shaharlar va shaharchalar xalq deputatlari Kengashlari ijroiya qo‘mitalarining yakka tartibda uy-joy qurish uchun yer uchastkalari berish to‘g‘risidagi qarorlari;

tegishli qishloqlar (ovullar) xalq deputatlari Kengashlari ijroiya qo‘mitalarining kolxozlar a’zolarining umumiy majlislari bayonnomalarini hamda sovxozlar va boshqa qishloq xo‘jaligi hamda o‘rmon xo‘jaligi korxonalari, muassasalari va tashkilotlari direktorlarining fuqarolarga yakka tartibda uy-joy qurish uchun yer uchastkalari berish haqidagi buyruqlarini tasdiqlash to‘g‘risidagi qarorlari.

Agar bu normani sharhlaydigan bo’lsak, sizni uyingiz joylashgan yer uchastkasi noqonuniy deb aytishayotgan bo’lsa, siz o’zingizni tumaningizda arxivga yoki viloyat arxiv bo’limiga borib yuqorida hujjatlar bor yo’qligini aniqlashtirishingiz zarur. Agar arxiv bo‘limlaridan yuqorida ko’rsatilgan hujjatlar chiqadigan bo’lsa, siz o’zingizni yer uchastangizga kadastr hujjatini chiqartirib olishingizga asos bo’ladi.


Kanalga ulanish
https://t.me/yuristuzbek