Get Mystery Box with random crypto!

#xususiy_universitet #diplom YURIST MASLAHATI jamoasi yana bi | YURIST MASLAHATI

#xususiy_universitet #diplom
YURIST MASLAHATI jamoasi yana bir xizmatni yoʻlga qoʻydi
.

Oxirgi vaqtlarda ota-onalar, abiturientlar va hatto talabalarda xususiy universitetlarni tanlashdagi ikkilanishlar bilan bogʻliq koʻplab murojaatlar kelmoqda. Bu kabi murojaatlarning koʻpayishiga turli xususiy universitetlarning litsenziyasining tugatilishi, ba'zilari bilan bogʻliq sud jarayonlarning davom etayotgani va Vazirlik tomonidan ba'zilarining litsenziyasini bekor qilishga hujjatlar tayyorlanayotgani bilan bogʻliq holatlar sabab boʻlmoqda. Bundan tashqari birqancha xususiy OTMlar tomonidan oʻtgan yillar davomida litsenziyasida koʻrsatilmagan yoʻnalishga abiturientlarni qabul qilgani, buning natijasida talabalarni sarson boʻlishi kabi holatlar ham koʻpaydi.

Yuqoridagi holatlardan kelib chiqib biz sizga siz topshirmoqchi boʻlgan xususiy Oliy ta'lim muassasasining litsenziyasi haqqoniyligi, bugungi kunda bu OTM bilan bogʻliq sud ishlari bor yoki yoʻqligi, qaysi yoʻnalishlarga litsenziyasi borligi toʻgʻrisida ishonchli ma'lumotlarni olishga va koʻnglingizdagi xavotirni toʻxtatishga yordam beramiz.

Bizga o'qishga kirmoqchi bo'lgan universitetingizni yuboing va u haqda to'liq ma'lumotlarni oling

Murojaat uchun @yuristgamurojaat