Get Mystery Box with random crypto!

Abituriyentlarni onlayn roʻyxatga olish boshlandi 2022/2023 | Yurist maslahati | Rasmiy

Abituriyentlarni onlayn roʻyxatga olish boshlandi

2022/2023 oʻquv yili uchun oliy taʼlim muassasalarining bakalavriat taʼlim yoʻnalishlariga abituriyentlarni onlayn roʻyxatga olish boshlandi.

Roʻyxatdan oʻtkazish 20-iyundan 20-iyulgacha (20-iyul kuni ham) davom etadi.

Chet tilidan kasbiy (ijodiy) imtihon oʻtkaziladigan bakalavriat taʼlim yoʻnalishlariga onlayn roʻyxatga olish esa 10-iyulgacha (10-iyul kuni ham) amalga oshiriladi.

Roʻyxatga olish DTMning rasmiy veb-sayti – my.dtm.uz hamda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali – my.gov.uz orqali onlayn amalga oshiriladi.

Abituriyentlar fanlar majmuasi hamda ketma-ketligi bir xil boʻlgan 5 tagacha bakalavriat taʼlim yoʻnalishi boʻyicha tanlovda ishtirok etishi mumkin.

Taʼlim yoʻnalishlarini esa 2022/2023 oʻquv yili uchun qabul parametrlarining taʼlim tillari boʻyicha taqsimoti tasdiqlanganidan soʻng tanlash mumkin boʻladi.

2022/2023 oʻquv yili uchun oʻqishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari bilan alohida post qoldiramiz.

Barcha abituriyentlarga omad va muvaffaqiyat tilaymiz!

----※ ------ ※---※---※ ------ ※----
Foydali ma'lumotni yaqinlar bilan ulashing

Yangiliklarni kuzatib borish
@Yurist_maslahati_rasmiy

Yuristga savol yuborish
@Yuristga_murojaat_rasmiy

Spam bo'lganlar uchun
@Yurist_Qoriyev_bot