Get Mystery Box with random crypto!

#Shaxsiy_fikrim Konstitutsion oʻzgarishlarda hammani faol is | Yurist maslahati | Rasmiy

#Shaxsiy_fikrim

Konstitutsion oʻzgarishlarda
hammani faol ishtirok etishga chaqiraman.


Men, hozircha 3 ta taklif berdim.

1-taklifim.
Hudud(viloyat, shahar, tuman)lar rahbar(hokim)larini tayinlash tizimidan voz kechib, ularni saylash tizimiga oʻtish va buni Konstitutsiya bilan mustahkamlash.
Chunki rahbarni kim saylasa, rahbar ham anashu kishilar oldida javobgarroq va hisobdorroq bo'ladi. Shuningdek ular oldida mas'uliyatli bo'lib, ular uchun jon kuydiradi, ular uchun xizmat qiladi.
Ha aytgancha, hokim saylovi uchun xalqimiz har jihatdan tayyor deb o'ylayman. Chunki prezident saylovida faol ishtirok etgan xalqimiz, qanday qilib hokim saylovida ishtirok eta olmasligi mumkin?

2-taklifim.
Prezidentlik muddatini va qayta-qayta saylanmaslikni aniq mezonlar bilan tartibga solish kerak.

Xususan, Konstitutsiyaning 90-moddasiga qoʻshimchalar kiritgan holda, bir shaxs qatorasiga ham, oralab ham faqat 2 muddat Prezident boʻla olishini, undan keyin, masalan ketma ket 2 muddat boʻlsa, yoki avval 1 muddat, maʼlum vaqtdan keyin yana bir muddat Prezident sifatida saylangach, umrbod boshqa nomzodi qoʻyilmaslik bandini kiritish;
Sababi bir shaxsni ketma-ket Prezident boʻlaverishi avtokratiyaga, diktaturaga yoʻl ochadi, bu demokratik davlat boshqaruv tamoyillariga ziddir.
Axir yurtimiz amaldagi konstitutsiyamizning birinchi moddasi bo'yicha: "O'zbekiston suveren demokratik respublika" emasmi?

Bu bandni aniq, hech qanday “olib qochar” yoki "ikki xil ma'no beruvchi" (ya'ni og'ma) bo'luvchi so'zlar qoldirmasdan mustahkamlab qoʻyish kerak.
Har qanday holatlarda, hattoki masalan Konstitutsiya almashsa ham, (xudo ko'rsatmasin, o'zi saqlasin)davlat toʻntaruvi amalga oshsa ham, davlat boshqaruvi oʻzgarsa ham, bir shaxsni 2 muddatdan ortiq Prezident boʻlmaslik bandi mustahkamlab qoʻyilishi shart.

3-taklifim:
78-moddaning 20-bandidagi "Xalqaro shartnomalarni ratifikatsiya va denonsatsiya qilish" deb yozilgan. Iltimos, ''ratifikatsiya" so'zi mayli tushunarli, lekin "denonsatsiya" so'zi oddiy odamlar tushunishi qiyin bo'lgan yuridik so'zlar sirasiga kiradi. Iltimos, iloji bo'lsa shu va shu kabi so'zlarni o'zbekcha tarjimasini yozilsa, barchaga tushunarli bo'lsa, maqsadga muvofiq bo'lardi.

Menda hozircha shular.

Siz qanday taklif berdingiz?
Taklif/lar bergan bo'lsangiz izohlarda qoldirishingiz mumkin.


Eslatib o'taman taklif berishning eng oson yoʻli Telegramda @meningkonstitutsiyam_bot boti orqali taklif yuborishdir. Oson, qulay.

Mamlakat taqdiriga befarq boʻlmang.

----※ ------ ※---※---※ ------ ※----
Foydali ma'lumotni yaqinlar bilan ulashing

Yangiliklarni kuzatib borish
@Yurist_maslahati_rasmiy

Yuristga savol yuborish
@Yuristga_murojaat_rasmiy

Spam bo'lganlar uchun
@Yurist_Qoriyev_bot