Get Mystery Box with random crypto!

#Fuqarodan_real_murojaat #savol #javob Savol Яхшимисиз мехн | Yurist maslahati | Rasmiy

#Fuqarodan_real_murojaat
#savol #javob

Savol
Яхшимисиз мехнат кодексининг 100 моддаси 2 Кисми 4 Бандига Асосан Бир тамонлама иш берувчи томонидан ишдан олиш ваколати борми ходимни расман огохлантирмасдан?

Javob:

Hurmatli fuqaro, agarda mehnat shartnomasi xodimning aybli xatti-harakatlar sodir etganligi bilan bekor qilingan bo'lsa ya'ni 100-modda 4-bandiga bandlari, ish beruvchi xodimni mehnatga oid munosabatlarining bekor qilinishi to'g'risida kamida 3 kun oldin xabardor qilinishi yoki unga mutanosib kompensatsiya to'lanishi kerak.

Adliya vazirligi tomonidan 1999 yil 14-iyunda 746-son bilan ro'yxatga olingan "Mulkchilik shaklidan qat'i nazar, tashkilot ichki mehnat tartibining namunaviy qoidalari" belgilangan bo'lib, uning 2.38 bandida mehnat vazifalarini bir marta qo'pol buzish hollarining namunaviy ro'yxati keltirilgan.

Qolaversa, Oliy Sud Plenumining 1998-yil 17-apreldagi "Sudlar tomonidan mehnat shartnomasini bekor qilishni tartibga soluvchi qonunlarning qo'llanishi haqida''gi 12-sonli qarorda, MKning 100-moddasi 2 qismi 4 bandi ko'ra xodim o'z vazifalarini 1 marta qo'pol ravishda buzganligi uchun mehnat shartnomasining bekor qilinishi uchun inobatga olinadigan nojo'ya hatti harakatlar batafsil keltirib o'tilgan.

Ish beruvchining ruxsatisiz o'zboshimchalik bilan ta'tilga ketish yoki o'zboshimchalik bilan dam olish kinlari (otgul)dan foydalanish ham MShni mehnat kodeksining yuqoridagi moddasi bo'yicha ish beruvchining tashabbusi bilan bekor qilinishiga sabab bo'ladi.

------ ※ ------ ※---※---※ ------ ※ ------
Foydali ma'lumotni yaqinlar bilan ulashing

Yangiliklarni kuzatib borish
@Yurist_maslahati_rasmiy

Yuristga savol yuborish
@Yuristga_murojaat_rasmiy

Spam bo'lganlar uchun
@Yurist_Qoriyev_bot