Get Mystery Box with random crypto!

#eslab_qoling ​​ BAYRAM KUNLARI XODIMLARNI ISHLATISH TAQIQLA | Yurist Asadbek Baratov

#eslab_qoling

​​ BAYRAM KUNLARI XODIMLARNI ISHLATISH TAQIQLANADI

Xodimlarni bayram (ishlanmaydigan) kunlari ish beruvchining farmoyishi bo'yicha ishga jalb etishga faqatgina jamoa shartnomasida, agar u tuzilmagan bo'lsa, – ish beruvchi tomonidan kasaba uyushmasi qo'mitasi yoki xodimlarning boshqa vakillik organi bilan kelishib belgilangan asoslar bo'yicha yo'l qo'yiladi.

Ishlab chiqarish-texnika sharoitlari va boshqa sharoitlarga ko'ra ishni to'xtatib turish mumkin bo'lmagan joylarda, aholiga xizmat ko'rsatish zarurati bo'lgan ishlarda, shuningdek, kechiktirib bo'lmaydigan ta'mirlash va yuk ortish-tushirish ishlarida bayram (ishlanmaydigan) kunlari ishlashga yo'l qo'yiladi.

#eslatma
Dam olish kunlari va bayram kunlaridagi ishlar uchun kamida ikki hissa miqdorida haq to'lanadi.

Bayram (ishlanmaydigan) kunlari arafasida kundalik ish (smena) muddati barcha xodimlar uchun kamida 1 soatga qisqartiriladi.

@Konsultatsiya1_YuristKadr

Kanalga aʼzo boʻling:@Yurist_Baratov