Get Mystery Box with random crypto!

#useful #huquq_vaqti Da'vo muddati joriy qilinmaydigan hola | Yurist Asadbek Baratov

#useful #huquq_vaqti

Da'vo muddati joriy qilinmaydigan holatlarni bilasizmi

Da'vo muddati
— shaxs o'zining buzilgan huquqini da'vo qo'zg'atish yo'li bilan himoya qilishi mumkin bo'lgan muddatdir.

Umumiy da'vo muddati 3 yil hisoblanadi.

Shuningdek, ayrim turdagi talablar uchun qonunchilikda umumiy da'vo muddatiga qaraganda qisqartirilgan yoki uzaytirilgan maxsus da'vo muddatlari belgilanishi mumkin.

Da'vo muddati quyidagilarga joriy qilinmaydi (163-modda):

shaxsiy nomulkiy huquqlarni va boshqa nomoddiy boyliklarni himoya qilish haqidagi talablarga;

omonatchilarning o'z omonatlarini berish to'g'risida bankka qo'yadigan talablariga;

fuqaroning hayotiga yoki sog'lig'iga yetkazilgan zararni to'lash haqidagi talablarga;

jinoyat tufayli yetkazilgan zararni to'lash haqidagi talablarga;

mulkdorning yoki boshqa egalik qiluvchining o'z huquqini har qanday buzishlarni, garchi bu buzishlar egalik qilishdan mahrum etish bilan bog'liq bo'lmasa ham bartaraf etish haqidagi talablariga;

mamlakat mustaqilligi e'lon qilinishidan oldin uning chegaralaridan tashqariga olib chiqib ketilgan tarixiy, madaniy va ilmiy-badiiy qiymatga ega bo'lgan mol-mulkni hamda boshqa qimmatbaho obyektlarni qaytarib berish haqidagi talablarga;

qonunda belgilangan hollarda boshqa talablarga.

@Konsultatsiya1_YuristKadr

Kanalga aʼzo boʻling:@Yurist_Baratov