Get Mystery Box with random crypto!

#useful #imtiyoz Qoraqalpogʻistonlik yoshlar uchun Oʻzbekist | Yurist Asadbek Baratov

#useful #imtiyoz

Qoraqalpogʻistonlik yoshlar uchun Oʻzbekistondagi barcha OTMlarda alohida 6,5 mingta qabul kvotalari joriy etiladi

Bu haqida Shavkat Mirziyoyev ishtirokida boʻlib oʻtayotgan Joʻqorgi Kengesning navbatdan tashqari 34-sessiyasida maʼlum qilindi.

Aytilishicha davlat rahbari nomzodning Qoraqalpogʻistonda taʼlimni rivojlantirish va yoshlarni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha takliflaridan kelib chiqib, mutasaddilarga bir qator topshiriqlar berdi.

Unga koʻra:

Qoraqalpogʻistondagi yosh tadbirkorlarga 7 yilgacha muddatga imtiyozli shartlarda ssudalar ajratishni yoʻlga qoʻyish;

boʻsh turgan davlat obʼyektlarida yoshlar va xotin-qizlarni xorijiy tillar va IT sohasiga oʻqitish kurslarini tashkil etish imkoniyatini yaratish, ushbu obʼyektlarni tadbirkorlarga 5 yilgacha bepul foydalanishga berish;

Qoʻngʻirot, Nukus va Chimboy tumanlarida 4 ta "Ishga marhamat" mono-markazlarini tashkil etish.

Shuningdek, Qoraqalpogʻistondagi ehtiyojdan kelib chiqib, ekologiya, qishloq xoʻjaligi, irrigatsiya, qurilish sohalarida tayanch doktoranturada qoʻshimcha kadrlar tayyorlashni yoʻlga qoʻyish ham topshirildi.

@Konsultatsiya1_YuristKadr

Kanalga aʼzo boʻling:@Yurist_Baratov