Get Mystery Box with random crypto!

#fuqaro_murojaati #mehnat Foydalanilmagan mehnat ta'tili uc | Yurist Asadbek Baratov

#fuqaro_murojaati #mehnat

Foydalanilmagan mehnat ta'tili uchun pul to'lanadi

#savol
Yaqinda ishdan bo'shadim lekin 2015-2019 yillarda mehnat ta'tiliga chiqmaganman. Foydalanilmagan ta'tillarim masalasi nima bo'ladi?

#javob
O'zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 151-moddasiga asosan mehnat shartnomasi bekor qilinganda xodimga foydalanilmagan barcha yillik asosiy va qo'shimcha ta'tillar uchun pullik kompensasiya to'lanadi.

Shunga asosan siz 2015-2019 yillar mobaynidagi ish davrida foydalanilmagan mehnat ta'tillaringiz uchun pullik kompensasiya talab qilishga 100% haqqingiz bor. Ish beruvchi esa sizga mazkur pullik kompensasiyani to'lashi shart.

Agar ish beruvchi yuqorida ko'rsatilgan pullik kompensasiyani to'lab bermasa sudga shikoyat qilib undirib olsangiz bo'ladi.

@Konsultatsiya1_YuristKadr

Kanalga aʼzo boʻling:@Yurist_Baratov