Get Mystery Box with random crypto!

YurakAmri Official

Telegram kanalining logotibi yurakamri_official — YurakAmri Official Y
Telegram kanalining logotibi yurakamri_official — YurakAmri Official
Kanal manzili: @yurakamri_official
Toifalar: Din
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 12.90K
Kanalning ta’rifi

#YurakAmri Xayriya Fondining Telegramdagi Yagona rasmiy kanali ✅
Instagram: www.instagram.com/yurak_amri_rasmiy
Youtube: https://youtube.com/@SardorRahimxon
“Ehsonning mukofoti, faqat ehsondir!”
(Ar-Rohman surasi, 60-oyat).

Ratings & Reviews

4.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

2

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 5

2023-02-09 04:13:53
Noumidlik - muvaffaqiyatga erishishga to'sqinlik qiluvchi birinchi raqamli dushman. Shuning uchun darhol umidsizlikdan xalos bo'lishingiz zarur. Buning eng qulay yo'li - Alloh taolo sizga ato etgan imkoniyatlar, qobiliyatlar haqida tafakkur qilishingizdir. Olimlar aytishlaricha, inson o'ziga berilgan imkoniyatlarning faqat 10 foizini ishlatar ekan. Shunday ekan, hozir sizda kamida 90 foiz imkoniyatingiz, ishlatilishini kutib turgan yashirin quvvatingiz bor. Agar ularni ishga sola bilsangiz, muvaffaqiyatingiz sari asosiy qadamni bosgan bo'lasiz.

Yaqinlaringizga ham ulashing

Ijtimoiy tarmoqlarda bizni kuzating:

Telegram Instagram Facebook
1.6K views01:13
Ochish/sharhlash
2023-02-08 09:06:31
СубханАллах, 47 соат вайроналар остида, совуқда қолиб кетган, ёш болачанинг соғ-омон чиқиб келишида, биз гунохкор инсонларга кўп ибрат, тафаккур учун, яшаш турмуш тарзимиз хатоларини кўриш учун кўп хулосалар бор эмасми. Бир ўйлаб кўринг бир сонияда неча минг одам, эртаси кунга бир олам дунё режаларини тузган неча минг инсон деворлар, темир бетонлар тагида қолиб кетиб, умуман кутмаган лахзада ўлимни қарши олмадими. Ким тушунди, ким хали ҳам хеч нарса бўлмагандек хаха-хихи қилиб яшашда давом этмоқда. Аллох ахир бизларни Огохлантирмоқда, У бизга ўлимни Эслатмоқда. Бугунги бу ходисалар Аллох Сақласин, эртага сиз билан ёки мен билан бўлмаслигига ким кафил айтинг.

Бир куни Пайғамбаримиз (соллалложу алайхи ва сал-
лам) йиғинга келгандилар. У ерда бир гурух одамлар гурунглашиб-кулишиб ўтирарди. Пайғамбаримиз
(алайхиссалом) бу жамоага қараб дедилар: «Ўлимни унутманг, ўлимни хотирланг. Жоним қудрат измида бўлган Аллохга қасамки, агар менинг билганимни билсайдингиз, оз кулиб, кўп йиғлардингиз”.

#YurakAmri
2.0K views06:06
Ochish/sharhlash
2023-02-08 04:22:59
Ixlos surasini o‘qib yurgan inson boy bo‘ladi

Sahl ibn Sa'd So'idiydan rivoyat qilindi: Bir odam Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning oldiga kelib faqirlik va turmush tangligidan shikoyat qildi. Unga Rasululloh: “Har qachon uyga kirganingda salom berib kir. Agar uyda hech kim bo‘lmasa menga salovat ayt va bir marta ixlos surasini o‘qi”—deb tavsiya qildi. U aytilgan tavsiyaga amal qilib boy bo‘lib ketdi. Hatto qo‘shnilariga ham yordam qilar darajaga yetdi.

Eslating, eslatish mo'minlarga manfaat berur

Ijtimoiy tarmoqlarda bizni kuzating:

Telegram Instagram Facebook
2.5K views01:22
Ochish/sharhlash
2023-02-07 15:06:57
Og‘ir musibat

Alloh taoloning irodasi ila Turkiyada yuz bergan zilzila va uning oqibatlari biz musulmonlarni mahzun qildi.

Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Shahidlar beshtadir: vaboda o‘lgan, qorin kasalligi bilan o‘lgan, suvga g‘arq bo‘lib o‘lgan, qulagan narsaning ostida qolib o‘lgan va Allohning yo‘lida shahid bo‘lganlar», dedilar. Beshovlaridan faqat Abu Dovud rivoyat qilmagan.

Ushbu hadisda to‘rtta hukman shahid va bitta haqiqiy shahid bayon etilib, hukman shahidlar qatorida qulagan narsaning ostida qolib o‘lgan ham zikr etilmoqda.

Alloh taoloning irodasi ila Turkiyada yuz bergan zilzila sababli halok bo‘lgan dindoshlarimizni Allohning O‘zi shahidlar qatorida qilsin.

Robbimiz zilzila tufayli jarohatlangan bandalariga komil va ojil shifo ato etsin.

Alloh taolo boshpanasiz qolganlarni panohida asrasin.

Musibatga uchragan barchaga sabr, sabrga ziyoda ajr ato aylasin.

Alloh taolo dindoshlarimiz istiqomat qilayotgan ko‘p yurtlar qatori Turkiyani ofiyati ila rizqlantirsin.

Robbimiz yurtimizni tinch aylab, suv, o‘t, zilzila va boshqa ofatlardan O‘zi asrasin.

Yaqinlaringizga ham ulashing

Ijtimoiy tarmoqlarda bizni kuzating:

Telegram Instagram Facebook
2.1K views12:06
Ochish/sharhlash
2023-02-07 09:27:32
Payg’ambarimiz sollallohu alayhi vasallam, bizlarni qattiq ogohlantirganlar.
“Jonim qo’lida bo’lgan Zotga qasamki, yo yaxshilikka buyurasiz va yomonlikdan qaytarasiz, yoki bo’lmasa, Alloh taolo ustingizga bir baloni Yuboradi, undan keyin qancha duo qilsangiz ham duoingiz qabul bo’lmaydi” dedilar. Allohga qayting azizlar.

Biz hayotga o’ynab-kulib, maishat qilish uchun, tuganmas, keraksiz orzu-havaslar ortidan quvish uchun kelmaganmiz. Avvalo Alloh buyurganlarini unutganlarimiz sababidan bu balolar. Har birimiz o’zimizdan, yon atrofimizdagilardan so’ralamiz bu aniq, unutmang. O’lim jon tomiringizdanda yaqin. Bugunoq o’zgaring, bu ishlardan o’zingizga hulosa chiqaring, biling bu sizga Allohning eslatmasi, bu ishlarni faqat shunday deb qabul qiling

Mana nima uchun kerak #YurakAmri

Yaqinlaringizga ham ulashing

Ijtimoiy tarmoqlarda bizni kuzating:

Telegram Instagram Facebook
13.8K viewsedited  06:27
Ochish/sharhlash
2023-02-07 05:15:04
Qardosh Turk xalqiga Alloh Sabr va ofiyat bersin…

Yaqinlaringizga ham ulashing

Ijtimoiy tarmoqlarda bizni kuzating:

Telegram Instagram Facebook
1.6K views02:15
Ochish/sharhlash
2023-02-06 04:30:10
Insoniyat bu olamda mavjud ekan, Har birimiz mehr tuyg'usiga chanqab turgan mehringizga qonib tuysam deydi. Minglab insonlar orasidan shu mehrni so'zini izlab mushtoq bo'lib yashaydilar. Mehr oqibatning ilohiy tuyg'usidur, shu so'zni har bir inson yuragining to'rida shinamgina joy egallab kezi kelganida yaxshi insonlarni bag'riga bosib bir-birlariga ulashadilar. Insonni bu dunyoda ikki narsa – mehr va qadr tutib turadi.

Yaqinlaringizga ham ulashing

Ijtimoiy tarmoqlarda bizni kuzating:

Telegram Instagram Facebook
1.8K views01:30
Ochish/sharhlash
2023-02-05 06:03:50
#xayrli_tong

Boshlangan yana bir go‘zal tong barchamizga muborak bo‘lsin! Doimo ko‘nglingiz shod va vijdoningiz pok, iymoningiz but bo‘lsin! Qalbingizdagi barcha ezgu niyatlaringiz ijobat bo‘lsin! Atrofingizdagi umidvorlarga mehr, tabassum ulashingki, qalblari sizdan shod bo‘lsin!

Yaqinlaringizga ham ulashing

Ijtimoiy tarmoqlarda bizni kuzating:

Telegram Instagram Facebook
1.5K views03:03
Ochish/sharhlash
2023-02-04 04:18:13
ALLOHNI UNUTMOQ Alloh
buyuradiki: — Sizlar Allohni unutib
qo‘ygan (ya’ni, U zotning amr-
farmonlariga itoat etmagan), bas
(shundan keyyn, Alloh) ularga
o‘zlarini ham unuttirib qo‘ygan
kimsalar kabi bo‘lmangiz! Ana
o‘shalar fosiq-itoatsiz kimsalardir
(Hashr surasi, 19-oyat.) Bir kun
Payg‘ambarimiz (s.a.v.)dan
so‘rashdi: — Mo‘min kim-u, munofiq
kim? Rasululloh buyurdilar: —
Mo‘min namoz o‘qiydi, ro‘za tutadi.
Munofiq kimsa hayvonday yeb-
ichadi, namoz o‘qimaydi va
Allohning o‘rtaga qo‘ygan axloq
asoslariga zid hayot kechiradi.

Yaqinlaringizga ham ulashing

Ijtimoiy tarmoqlarda bizni kuzating:

Telegram Instagram Facebook
1.9K views01:18
Ochish/sharhlash
2023-02-03 04:23:45
Juma kunlarida kimga nimani ravo ko‘rsangiz o‘shani yuboring deyishadi.
Men sizlarga shu yerlarda namoz o‘qishlikni ravo ko‘rdim. Niyat qilgan barchaga nasib qilsin!

Jumaning xayri va barokati sizga bo‘lsin! Ayyomingiz muborak bo‘lsin!

Yaqinlarni Sayyidul Ayyom bilan qutlang


Ijtimoiy tarmoqlarda bizni kuzating:

Telegram Instagram Facebook
2.2K views01:23
Ochish/sharhlash