Get Mystery Box with random crypto!

Abdulla Qahhor. O‘jar (hikoya) Ul tuta ot quyrug‘indan, «bo‘l | Abituriyent Yulduzcha Student

Abdulla Qahhor. O‘jar (hikoya)
Ul tuta ot quyrug‘indan, «bo‘l uzun soch» deb qo‘ya,
«Tek nega boshda tugul?» Tanqidga muhtoj deb qo‘ya.
A. To‘qay

Qutbiddinovga ovchi oshnasi ikkita tustovuq in’om qildi. Tustovuqlar tozalanib, tuzlanayotganda Qutbiddinovning fe’li aynidi, ya’ni bironta shinavanda ulfat bilan birpas dilkashlik qilg‘usi keldi. Unint qo‘shnisi Zargarov yaqin bir oy bo‘ladi, chorakam bir litr xushbo‘y vinoni dumba-jigar bilan ichgani asrab yurar edi, semiz tustovuqning daragini eshitib: «Xayr, qo‘y so‘ysak, yana vino topilar», dedi.
Bu ikki ulfat ahyonda mana shunday dilkashlik qilgan-larida suhbat boshdan-oyoq ikki mavzudan chetga chiqmas edi: biri — shu ketishda shaharimiz yana ellik yildan keyin qanday bo‘lar ekan; ikkinchisi—so‘nggi vaqtlarda fan ki-shilarni yoshartirish to‘g‘risida nega indamay qo‘ydi?
Qutbiddinovning o‘g‘li Suyar ovqatdan keyin pionerlar saroyiga ketgan edi, soat oltidan o‘tib borayotir — daragi bo‘lmadi. Shu vajdan Qutbiddinov suhbatning boshlanishida jinday tashvishmand bo‘lganidanmi, bu safar mavzu shaharning kelajagi, fanning jimib ketgani emas, bola tarbiyasi bo‘lib qoldi. Zargarovning ham o‘g‘li bor. Ikki ota hozirgi tarbiyani xo‘p maqtashdi. Zargarov uzun so‘zdan xulosa chi-qarib, «men yoshligimda shunday tarbiya ko‘rgan bo‘lsam, hozir yerda turib oyda chorvachilik qilar edim», demabmidim? Qara, burningdan suv oqyapti, miyang suyulibdi!
Suyar bo‘shashib ketdi.
— Shaxmat o‘ynagandan emas,— dedi burnini artib, — kecha o‘zingiz ariqdan ko‘zoynag‘ingizni izlatdingiz...
Qutbiddinov labini burdi.
— Ko‘zoynak izlasa burundan suv oqar emishmi? Ming la’nat! Bor, uyga kir, darsingga qara!
Suyar ta’bi xira bo‘lib, kirib ketdi. Qutbiddinov o‘g‘lining noqobilligidan, andishasizligidan qattiqxafa bo‘ldi;nahot otasi shaxmat o‘ynamagin degan bo‘lsa-yu, o‘ynasa; o‘ynaganini yana, ayniqsa mehmonning oldida, bu qadar tantana bilan e’lon qilsa. Zargarov ko‘p bolalar shunaqa ekanligi va Suyar eslik bola bo‘lgani uchun bu xildagi qusurlarini yo‘qotish qiyin emasligini aytib, ranjigan otaning ko‘nglini ko‘targan bo‘ldi.
— Mening o‘g‘lim-chi, bundan ham battar. Men unga tog‘ injeneri bo‘lgin desam, «yo‘q, dada, bilmaysiz, men uchuvchi bo‘laman» deydi. Xa-xa-xa... voy, itvachcha-ey, men bilmas emishman!
Ikki tanqidchi bolalarning otalarga gap qaytarishla-rini, otacharning so‘zlarini ba’zan yerda qoldirishlarini hozirgi tarbiyada bo‘lgan eng katta kamchilikning natijasi hisoblashdi va buni har kuni, har soatda ko‘rib turganlari holda bunga qarshi jamoat fikrini qo‘zg‘aguday bir ish qilolmaganlari uchun o‘zlarini ham ayblashdi.
— Men shu to‘g‘rida gazetaga bir maqola yozsammi deb ham o‘ylagan edim,— dedi Zargarov, — lekin kelishtirolmasman deb qunt qilmadim. Chala-chulpa yozib birovning oldiga «shu to‘g‘rimi?» deb borgani nomus qilaman. Rostini aytsam, ellik oltiga kirib ham birovdan aql o‘rganishni o‘zimga ep ko‘rmayman. Endi, men sizga aytsam, biz birovga aql o‘rgatsak tuzuk.Yaxshi emas.
— Noto‘g‘ri aytsalar-chi?
Ikki tanqidchi yalt etib bir-biriga qaradi va bu qarashda ikkovining ham ko‘nglidan bir gap o‘tdi: «Bola ham shunday o‘jar bo‘ladimi?» Suyar ichkariga kirib ketdi. Qutbiddinov ertagayoq Suyarning maktabiga borib katta g‘alva ko‘tarmoqchi bo‘ldi.Zargarov maktabdan ham ko‘ra pionerlar saroyiga borishni ma’qul ko‘rdi. Anchadan keyin Suyar kattakon bir kitob ko‘tarib chiqdi:
— Mana,— dedi portretni ko‘rsatib,— mana, Saltikov-Shchedrin!
Qutbiddinov «bu o‘jar bola hamon o‘zinikini ma’qul qilmoqchi» deb juda g‘azablandi, ammo mehmonning oldida o‘zini tiydi. Zargarov portretning ostidagi yozuvni o‘qib, xuddi qanotli tuya ko‘rganday ajablandi va kitobni sekin Qutbiddinovning oldiga surdi. Qutbiddinov portret va uning ostidagi yozuvga uzoq tikildi, so‘ngra ko‘zoynagini sekin qulog‘idan bo‘shatar ekan: