Get Mystery Box with random crypto!

Rus shoiri Aleksandr Faynberg  Arkadevich 1939 yil 2-noyabr To | Abituriyent Yulduzcha Student

Rus shoiri Aleksandr Faynberg  Arkadevich 1939 yil 2-noyabr Toshkent tug'ilgan. O'zbekiston xalq shoiri (2004). Toshkent Davlat Unversitetining jurnalistika fakultetini tugatgan (1965). O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasida maslahatchi (1965-69). “Etyud” (1967), “Soniya” (1969), “She'rlar” (1977), “Olis ko'priklar” (1978), “Ijobat” (1982). “Qisqa to'lqin” (1983), “Yoymato'r” (1984), “Erkin sonetlar” (1990) va bilan she'riy to'plamlar muallifi. Faynbergning she'riy ijodida o'tmish bilan hozirgi kun, G'arb bilan Sharq, milliylik bilan baynalmilallik o'zaro tutashib, o'ziga xos badiiy olamni vujudga keltiradi. Faynbergning lirik qahramoni tarixiy-ijtimoiy silsilalar asrida o'zining insoniy mohiyatini to'la saqlab qolgan, o'zgaga mehr-shafqat va madad qo'lini uzatishga tayyor, ayni paytda yer kurrasida sodir bo'layotgan nohush voqea va hodisalardan iztirob chekuvchi jo'mard insondir. Faynbergning she'riy ijodida rus va Yevropa shoirlarining eng yaxshi badiiy tajribalari sintezlashgan. Sharq mumtoz she'riyati an'analari ham uning ijodiy uslubiga begona emas. Faynberg ijodining muhim qismini badiiy tarjima tashkil etadi. O'zbek she'riyatini mukammal bilgan shoir Navoiy g'azallari, Erkin Vohidov, Abdulla Oripov, Omon Matchon va bilan o'zbek shoirlarining she'r va dostonlarini rus tiliga tarjima qilgan. Faynberg ssenariysi asosida “O'zbekfilm” kinostudiyasida “Mening akam”, “Jazirama oftob tagida”, “Qandahorda toblangandar”, “Tojikfilm” kinostudiyasida esa “Jinoyatchi va oqlovchilar” va bilan filmlar suratga olingan. Faynberg ssenariysi asosida 20 ga yaqin multfilmlar yaratilgan.