Get Mystery Box with random crypto!

BMT: Urush boshlanganidan beri Ukrainada 8000 dan ortiq tinch | Yuldashev.UZ

BMT: Urush boshlanganidan beri Ukrainada 8000 dan ortiq tinch aholi halok bo‘ldi

2022 yil 24 fevralda Rossiyaning keng ko‘lamli bosqini boshlanganidan beri BMT Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari boshqarmasi Ukrainada 21 965 nafar tinch aholi aziyat chekkanini qayd etdi. Jumladan, ularning 8 231 nafari halok bo‘lgan va 13 734 nafari yaralangan.

Yaralanganlar orasida 413 nafar o‘g‘il va 295 nafar qiz, shuningdek, jinsi hali aniqlanmagan 271 nafar bola bor.

Birlashgan Millatlar Tashkilotining ta’kidlashicha, haqiqiy raqamlar ancha ko‘p, chunki shiddatli jangovar harakatlar kechgan ba’zi joylardan ma’lumot olish kechiktirilgan va ko‘plab xabarlar hali tasdiqlanmagan.

@yuldashevuz