Get Mystery Box with random crypto!

Ko‘p yillar davlat ishida ishlab 'suyagi byurokratiyada qotgan | Yuldashev.UZ

Ko‘p yillar davlat ishida ishlab "suyagi byurokratiyada qotgan", lekin qanchalik obro‘li va daromadli bo‘lishidan qat'iy nazar o‘zining ishidan ko‘ngli to‘lmayotgan insonlarga bir maslahatim bor:

"Davlat ishidan ketganingizdan keyin o‘zingizga o‘zingiz buyruq berish, shaxsiy qarorlarni qabul qila olish masalasi eng og‘ir kechadigan jarayon ekanini yodda tuting".

Byurokratiyaning eng xavfli jihati ham shunda nazarimda, inson qabul qilayotgan qarorlarini o‘zimga tegishli deb o‘ylaydi, lekin qabul qilingan qarorlarning (hatto shaxsiy hayotga tegishli qarorlarning) o‘zagini byurokratik ruhiyat tashkil etaveradi. Shu nuqtai nazardan, qaytish chizig‘i kesib o‘tilgandan keyin "byurokratiya" inson hayotida yangi "din"ga aylanadi. Ayniqsa bu jarayon "jangovar byurokratiya" sharoitida o‘ta og‘ir kechadi.

Hamid Sodiq

@Hamid_Sodiq