Get Mystery Box with random crypto!

Yangi yil Deraza raxidan mo'ltiraydi qor, Daraxtlar tik turar | °-°𝕟𝕆𝕋𝕙𝕀𝕟𝔾°-°

Yangi yil

Deraza raxidan mo'ltiraydi qor,
Daraxtlar tik turar oppoq, mo'tadil.
Azizam, uyg'ongin, ko'zlaringni och,
Kirib kelmoqdadir yana yangi yil!

Ko'zingda yosh emas, sezib turibman,
Yangi yil sog'inchi oqib turibdi.
Oz emas, ko'p emas, bir yil kutganing,
Qara, eshigingni qoqib turibdi.

Ma'yus nigohlaring boisi nedur?
Qani bo'l, eshikni ochaqol endi!
Yangi yil shukuhi kutib qoldi-ku,
Sen esa so'raysan: Eski yil qani?

Deraza raxidan mo'ltiraydi qor,
Daraxtlar tik turar oppoq, mo'tadil.
O'rnini bo'shatib yangi yilga jim,
Tunda vidolashmay ketdi eski yil!

Solih Sulton / 2021