Get Mystery Box with random crypto!

Yosh Tadbirkor

Telegram kanalining logotibi yoshtadbirkoruzb — Yosh Tadbirkor Y
Telegram kanalining logotibi yoshtadbirkoruzb — Yosh Tadbirkor
Kanal manzili: @yoshtadbirkoruzb
Toifalar: Biznes
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 4.11K
Kanalning ta’rifi

🇺🇿O’zbekiston yoshlar tadbirkorligini qo’llab-quvvatlash Markazi
🚀 Muvaffaqiyatli biznes sari sening ilk qadaming!
🔗 Inst: https://bit.ly/2KzRsh0
🔗 Fb: https://bit.ly/2SsyIEL
🔗 Chat: https://clck.ru/RXoK9
https://yoshtadbirkor.uz

Ratings & Reviews

2.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

2

1 stars

0


Oxirgi xabar 3

2021-12-15 19:10:21
Siz investormisiz? "Wow" deydigan g'oyalarga sarmoya kiritmoqchimisiz?

Yoki start-up g'oyangiz bor-u, lekin qayerdan mablag' olishni bilmay hayronmisiz?

Bizda sizga yangilik bor.
"O'zbekiston yoshlari forumi-2021" haftaligi doirasida Yoshlar Tadbirkorligini Qo‘llab-quvvatlash Markazi, Yoshlar ishlari agentligi va Investitsiya va tashqi savdo vazirligi hamkorligida 18-23-dekabr kunlari "Start-up va Investor" loyihasi amalga oshiriladi.

Ro'yxatdan o'tish 20-dekabrgacha davom etadi, final bosqichi esa 23-dekabrda bo'lib o'tadi.

Ro'yxatdan o'tish:
https://yoshtadbirkor.uz/startup

Telegram | Instagram | Web-site
8.0K views16:10
Ochish/sharhlash
2021-12-15 14:06:53
Yoshlar ishlari agentligi, Mikrokreditbank hamda O’zbekiston Yoshlar tadbirkorligini qo’llab-quvvatlash markazi hamkorligida 3.5mlrd. so’m qiymatga ega “IMKONIYAT” loyihasi tashkillashtirildi.

Ekspertlar tomonidan ma’qul deb topilgan eng yaxshi 70 ta loyihaga 6 oylik imtiyoz davri bilan 3 yil muddatga, qaytarib berish sharti bilan 50 mln. so’mgacha 0%li investitsiya (ssuda) mablag’lari ajratiladi.

Batafsil

Telegram sahifamiz @yoshlaragentligi
6.2K views11:06
Ochish/sharhlash
2021-12-14 19:48:01
Факт 24 | «Имконият» лойиҳаси: 70 та лойиҳага 50 миллион сўмдан тақдим этилди
#14dec #uzbekiston24

mtrk.uz | Youtube | Facebook | Telegram | uztv.tv
4.2K views16:48
Ochish/sharhlash
2021-12-14 15:57:13
Barchaga salom, do'stlar!

Yoshlar ishlari agentligi, O'zbekiston Yoshlar Tadbirkorligini Qo'llab-quvvatlash Markazi, Mikrokreditbank hamkorligida tashkillashtirilgan Imkoniyat loyihasining 1-mavsumi o'z nihoyasiga yetdi. Ishtirokchilarini taqdirlash marosimi 13-dekabrda Yoshlar press klubida bo'lib o'tdi. G'olib bo'lgan 70 nafar yosh tadbirkorga o'z hududida o'quv markaz ochishi uchun 50 million so'mdan ssuda mablag'lari berildi.

Telegram | Instagram | Web-site
5.8K views12:57
Ochish/sharhlash
2021-12-14 09:37:13
#imkoniyat
“IMKONIYAT” loyihasi g‘oliblari taqdirlandi

13-dekabr kuni Yoshlar press klubida “IMKONIYAT” loyihasining 70 nafar g‘olibini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Mazkur loyiha “Mikrokreditbank” ATB, Yoshlar ishlari agentligi hamda O‘zbekiston Yoshlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash markazi hamkorligida tashkillashtirilgan. Xususan, chekka hududlarda ta’lim sifatini yaxshilashga "Mikrokreditbank" ATB homiy bo‘ldi.

Uch bosqichda bo'lib o'tgan loyihada 18-35 yoshdagi tadbirkorlikka qiziqqan yoshlar ishtirok etishdi. Yakunda har bir viloyat kesimida 5 tadan, Qoraqalpog‘istondan 10 ta, jami 70 ta loyiha g‘olib deb topildi.

Endilikda mazkur loyihalarga 6 oylik imtiyozli davri bilan 36 oy muddatga 50 mln. so'mgacha mablag' ajratiladi.

Batafsil

Telegram | Facebook| Instagram | You tube
7.1K views06:37
Ochish/sharhlash
2021-12-11 22:35:41 Shaxzodbek Bahodirov - O'quv markazida HR tizimini shakllantirish va tizimlashtirish.

Videodarslik uchun havola:

6.2K views19:35
Ochish/sharhlash
2021-12-11 08:35:24
Registon ta'lim loyihasi asoschisi - Avazbek Tulovov - Yoshlar ishlari agentligi tomonidan tashkillashtirilgan "Imkoniyat" loyihasida yoshlarga tajriba ulashmoqdalar.

Imkoniyat loyihasi o'quv markaz ochishga qiziqadigan yoshlarga qulayliklar yaratib berishdan iborat ekan. Biz bu loyihaga ta'lim loyihamiz nomidan ulkan muvaffaqiyatlar tilab qolamiz.

Loyiha haqida batafsil ma'lumotni ushbu kanaldan olishingiz mumkin: @yoshtadbirkoruzb

Dam olish kunlaringiz mazmunli o'tsin!

Kanalga ulanish:
@Registan_LC
6.5K views05:35
Ochish/sharhlash
2021-12-09 05:13:20
Barchaga salom, do'stlar!

Xabaringiz bor, Yoshlar ishlari agentligi, Yoshlar Tadbirkorligini Qo'llab-quvvatlash Markazi hamda Mikrokreditbank hamkorligida Imkoniyat loyihasi tashkillashtirilgan edi.
Loyiha ishtirokchilari joriy yilning 7-dekabr kuni Bo'stonliq tumanidagi Yoshlar oromgohiga oflayn o'quv jarayonlarida qatnashish uchun yo'l olishdi.

Telegram | Instagram | Web-site
7.0K views02:13
Ochish/sharhlash
2021-12-08 07:37:33
Barchaga salom, do'stlar!

Bugun 8-dekabr–O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiya qabul qilinganiga 29 yil to'ldi.

Yosh Tadbirkor Markazi sizni bayram bilan qutlaydi va sizni doim Qonun ustuvorligini ta'minlashga chorlaydi.

Barchangizga bayram muborak!

Telegram | Instagram | Web-site
343 views04:37
Ochish/sharhlash
2021-12-03 16:13:18 “Imkoniyat” loyihasining g‘oliblarini e’lon qilamiz!

Yaqinda chekka hududlarda o’quv markaz tashkil etish uchun 70 nafar yoshlarga 50 million so’mgacha moliyaviy ko’mak berish maqsadida ochiq tanlov e'lon qilgandik.

Mazkur ochiq tanlovga 1630 ta ariza kelib tushdi va shundan har bir hudud doirasida umumiy 70 nafar eng yuqori ball to'plagan ishtirokchilar 3,5 milliard so‘mlik moliyaviy ko’makni (ssuda) qo‘lga kiritishdi.

“Imkoniyat” loyihasining g'oliblari uchun joriy yilning 7-13-dekabr kunlari Toshkent viloyatining Bo'stonliq tumanidagi yoshlar oromgohida eng sara tadbirkorlar ishtirokida offlayn o'quv jarayonlari tashkil etiladi.

@alisher_sadullaev
6.2K views13:13
Ochish/sharhlash