Get Mystery Box with random crypto!

Yosh Tadbirkor

Telegram kanalining logotibi yoshtadbirkoruzb — Yosh Tadbirkor Y
Telegram kanalining logotibi yoshtadbirkoruzb — Yosh Tadbirkor
Kanal manzili: @yoshtadbirkoruzb
Toifalar: Biznes
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 4.11K
Kanalning ta’rifi

🇺🇿O’zbekiston yoshlar tadbirkorligini qo’llab-quvvatlash Markazi
🚀 Muvaffaqiyatli biznes sari sening ilk qadaming!
🔗 Inst: https://bit.ly/2KzRsh0
🔗 Fb: https://bit.ly/2SsyIEL
🔗 Chat: https://clck.ru/RXoK9
https://yoshtadbirkor.uz

Ratings & Reviews

2.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

2

1 stars

0


Oxirgi xabar 2

2021-12-25 18:30:45
"Startap va Investor" loyihasining navbatdagi soni o'z yakuniga yetdi.

"O'zbekiston yoshlari forumi-2021" doirasida Yoshlar ishlar agentligi, O'zbekiston Yoshlar Tadbirkorligini Qo'llab-quvvatlash Markazi hamkorligida tashkillashtirilgan, 200ga yaqin yoshni jalb qilgan "Startap va Investor" loyihasi 23-dekabrda Yoshlar ijod saroyida bo'lib o'tdi.

Loyihaning bu sonida Umidjon Ishmuhammedov, Shohida Ibragimova va Shahzod Umirzakov spiker sifatida ishtirok etishdi.

Loyiha davomida 3 nafar startapchilar investorlarga o'z taqdimotlarini namoyish etishdi va maxsus sertifikat bilan taqdirlanishdi.

Telegram | Instagram | Web-site
5.1K views15:30
Ochish/sharhlash
2021-12-25 14:17:34 ​​ Yosh tadbirkorlarga 540 mln so‘mgacha kreditlar ajratiladi

“Yoshlarni tadbirkorlikka jalb etish va ularning biznes tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Hukumat qarori (765-son, 21.12.2021 y.) qabul qilindi.

Prezidentning 2021 yil 13 iyuldagi PF–6260-son Farmoniga asosan Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi tomonidan TIF Milliy bankka 100 mln dollar pul ajratilgan.

Qarorga asosan, mazkur mablag‘lardan 2022-2024-yillarda yosh tadbirkorlarning yangi biznes loyihalari uchun kreditlar quyidagi shartlarda ajratiladi:

kredit miqdori BHMning 1000 baravaridan 2 ming baravarigacha;
muddati – 7 yil, imtiyozli davr – 3 yil;
foiz stavkasi – Markaziy bankning asosiy stavkasida (hozirda 14 %).

Kreditlar ajratish uchun Yoshlar ishlari agentligi, Savdo sanoat palatasi va banklar tomonidan tadbirkorlik bilan shug‘ullanish istagidagi yoshlar ro‘yxati shakllantiriladi.

Yoshlar o‘rtasida biznes ko‘nikmalarini shakllantirish va tadbirkorlikka o‘qitish bo‘yicha o‘quv amaliy kurslari, shu jumladan “onlayn” tarzda bepul tashkil etiladi.

Mazkur kurslarni muvaffaqiyatli tugatgan yoshlarga sertifikat taqdim etilib, ular tomonidan o‘z biznesini tashkil etish uchun yuqoridagi shartlarda kreditlar ajratiladi.

Loyihani amalga oshirish uchun yoshlar TIF milliy bank filliallariga ariza beradi va unga muvofiq kredit ajratiladi yoki asoslantirilgan holda rad etiladi.

Telegram sahifamiz @yoshlaragentligi
6.3K views11:17
Ochish/sharhlash
2021-12-22 17:09:41
Xayrli kech, do'stlar!

Ertaga 23-dekabr, 15:00da Yoshlar ijod saroyida "Startap va Investor" loyihasi Toshkent shahar final bosqichi bo'lib o'tadi.

Barchani ertangi tadbirda kutib qolamiz.

P.s. Kirish mutlaqo bepul.

Telegram | Instagram | Web-site
6.7K views14:09
Ochish/sharhlash
2021-12-20 16:51:52 Yosh Tadbirkor pinned a video
13:51
Ochish/sharhlash
2021-12-20 15:21:07
"Startap va Investor" loyihasining final bosqichi boshlanish arafasida!

23-dekabr, 15:00da Yoshlar ijod saroyida loyihaning Toshkent shahar final bosqichi bo'lib o'tadi.
Spikerlarimiz:
-Umidjon Ishmuhammedov, IDP IELTS, Edu-master, Edu-action asoschisi
-Shohida Ibragimova, moliya.uz, GrowthAcademy, "Moliyaviy savodxonlik" kursi asoschisi
-Shahzod Umirzakov, Qozog'istondan $20,000 investitsiya jalb qilgan Passenger Transit, TASS Vision startap loyihalar asoschisi.


Loyihaga investor, startapchi yoki ishtirokchi sifatida darhol ro'yxatdan o'ting:
https://yoshtadbirkor.uz/startup

P.s. Ishtirok etish mutlaqo bepul

Telegram | Instagram | Web-site
6.0K viewsedited  12:21
Ochish/sharhlash
2021-12-19 18:40:44
Ta'limga investitsiya qilish to'g'rimi?

"Startap va Investor" loyihasining bu sonida Edu-master, Edu-action, IDP IELTS asoschisi – Umidjon Ishmuhammedov bilan shu mavzuda suhbatlashamiz.
Qatnashish uchun ro'yxatdan o'ting:
https://forms.gle/y7p9DW8d41dooHK6A

Barchani qiziqqanlarni 23-dekabrda 15:00da Yoshlar ijod saroyida kutamiz.

Aytgancha ishtirok etish mutlaqo bepul.

Telegram | Instagram | Web-site
4.3K views15:40
Ochish/sharhlash
2021-12-18 16:18:41
Xayrli kech barchaga!

Bizda sizga yangilik bor.
"O'zbekiston yoshlari forumi-2021" haftaligi doirasida Yoshlar ishlari agentligi, Investitsiya va tashqi savdo vazirligi hamda O'zbekiston Yoshlar Tadbirkorligini Qo'llab-quvvatlash Markazi hamkorligida "Startap va Investor" loyihasi tashkillashtirilmoqda.

Loyihaning bu sondagi spikeri–Shahzod Umirzakov, Qozog'istondan $20,000 investitsiya jalb qilgan Passenger Transit, TASS Vision startap loyihalar asoschisi. Ular bilan "Qanday qilib startap g'oyaga investitsiya jalb qilish?" mavzusida gaplashamiz.

Ro'yxatdan o'tish uchun havola:
https://yoshtadbirkor.uz/startup

Manzil: Yoshlar ijod saroyi
Sana: 23.12.2021
Vaqt: 15:00

Telegram | Instagram | Web-site
6.0K views13:18
Ochish/sharhlash
2021-12-17 17:47:12
Xayrli kech barchaga!

Bizda sizga yangilik bor.
"O'zbekiston yoshlari forumi-2021" haftaligi doirasida Yoshlar ishlari agentligi, Investitsiya va tashqi savdo vazirligi hamda O'zbekiston Yoshlar Tadbirkorligini Qo'llab-quvvatlash Markazi hamkorligida "Startap va Investor" loyihasi tashkillashtirilmoqda.

Loyihaning ilk spikeri–Shohida Ibragimova, Moliya.uz, GrowthAcademy, EcoVirinAgro asoschisi. Ular bilan "Moliyaviy savodxonlik va unda investitsiyaning o'rni" mavzusida gaplashamiz.

Ro'yxatdan o'tish uchun havola:
https://yoshtadbirkor.uz/startup

Manzil: Yoshlar ijod saroyi
Sana: 23.12.2021
Vaqt: 15:00

Telegram | Instagram | Web-site
4.4K views14:47
Ochish/sharhlash
2021-12-17 15:22:37
Barchaga salom, do'stlar!

"O'zbekiston yoshlari forumi-2021" doirasida 21-22-dekabr kunlari Innovatsion rivojlanish vazirligida "Startap tashabbuslari" dasturining 5-davri yakuniy bosqichida 92 nafar tanlangan loyihalarning taqdimoti, eng sara 40 nafar jamoalarni taqdirlash va $50,000 maqsadli grant mablag'ini berish marosimi bo'lib o'tadi.

Telegram | Instagram | Web-site
5.8K views12:22
Ochish/sharhlash
2021-12-16 20:20:46
“Imkoniyat” loyihasi g’oliblariga 50 mln. so’mdan ssuda mablag’lari ajratildi.

@hududtv
5.3K views17:20
Ochish/sharhlash