Get Mystery Box with random crypto!

#Yosh_kitobxonga_tavsiya Yigirma yildan so‘ng… – Ammo yigirm | “Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#Yosh_kitobxonga_tavsiya

Yigirma yildan so‘ng…

– Ammo yigirma yil yaxshi insonning yomon odamga aylanishiga yetarli muddat, – dedi novcha kishi. – Siz o‘n daqiqa mobaynida politsiya kuzatuvi ostida bo‘ldingiz, muloyim Bob. Biz Chikagodan telegramma oldik. Ular sizni suhbatga chorlashyapti. Tinchgina o‘sha yerga borasiz, shundaymi? Ha, bu oqilona ish. Stansiyaga borishdan oldin sizga berib qo‘yishim so‘ralgan xat bor. Bu politsiyachi Uvellsdan.
G‘arblik kishi kichik bir qog‘oz parchasiga yozilgan xatni oldi. Bamaylixotir o‘qiy boshladi, ammo tugatarkan, qo‘llari qaltirashga tushdi. Xat qisqa va lo‘nda edi:
“Bob, men kelishilgan paytda uchrashuv joyida edim. Sen sigarangni tutatgani gugurt chaqqaningda esa, Chikagoda qidiruv e’lon qilingan kishining yuzini ko‘rdim. Seni ushlab berishga o‘zimning qo‘lim bormadi, shuning uchun boshqa detektivni jo‘natdim.
Jimmi”.

Batafsil https://yoshlikjurnali.uz/tarjima/yigirma-yildan-song/
@yoshlikjurnali