Get Mystery Box with random crypto!

#yoshlar_festivali Bugungi kun Yangiqo‘rg‘on tumani Iskovot | ФОТОФАКТ

#yoshlar_festivali

Bugungi kun Yangiqo‘rg‘on tumani Iskovot qishlog‘i yoshlari uchun katta bayram, unutilmas kun sifatida xotiraga muhrlandi.

Minglab yoshlarni Iskovot sport majmuasiga jamul jam etgan yoshlar festivali doirasida ko‘plab loyihalar, marafonlar, turli sport tadbirlari, targ‘ibot ishlari, rahbarlar bilan uchrashuvlar va konsert dasturlari amalga oshirildi.

Festivalda Prezident maslahatchisi o‘rinbosari Qahramon Quranboyev, Yoshlar ishlari agentligi direktori A. Sa'dullayev ishtirok etib, yurtimizda yoshlar siyosati borasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, yaratilayotgan sharoit va imkoniyatlar haqida o‘z fikrlarini bildirdilar.

Yoshlar ishlari agentligi direktori tomonidan yoshlarimizning ma'naviy dunyoqarashini kengaytirish, bilim saviyasini oshirish maqsadida badiiy kitoblar, zamonaviy kompyuterlar hamda o‘quv qurollari taqdim etildi.

Tumanning faol yoshlari hamda ijtimoiy ko‘makka muhtoj yigit-qizlariga tuman hokimligi tomonidan sovg‘alar tuhfa etildi.

"Vatanparvar" tashkiloti hamda Milliy gvardiya viloyat boshqarmasi tomonidan namoyish etilgan harbiy-ko‘rgazmali chiqishlar festivalga ko‘tarinki ruh bag‘ishladi.
Festival doirasida Q. Quranboyev, A. Sa'dullayev hamda sektor rahbarlari yoshlar bilan suhbatlashib, ularning murojaatlariga quloq tutdilar. Ayrim muammolar shu joyning o‘zida ijobiy hal etildi.

Namanganda an'anaga aylanib ulgurgan "Yoshlar festival"lari hamda uning doirasida amalga oshirilayotgan barcha loyihalar kelajak egalari bo‘lmish yoshlarning nurli kelajagi uchun!!!

@yianamangan