Get Mystery Box with random crypto!

ФОТОФАКТ

Telegram kanalining logotibi yoshlarmatbuoti — ФОТОФАКТ Ф
Telegram kanalining logotibi yoshlarmatbuoti — ФОТОФАКТ
Kanal manzili: @yoshlarmatbuoti
Toifalar: Yangiliklar
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 205
Kanalning ta’rifi

Veb-sayt: www.ittifoqtv.uz
Facebook: www.facebook.com/yi.namangan
Instagram: www.instagram.com/press.service.nam.yi
Youtube: https://www.youtube.com/c/YoshlarittifoqiNamanganviloyatKengashi

Ratings & Reviews

2.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

1


Oxirgi xabar

2021-02-13 19:09:38
#yoshlar_festivali

Yangiqo‘rg‘onda o‘tkazilgan "Yoshlar festivali" minglab yigit-qizlarni bir maqsad ostida birlashtirdi.

@yoshlarmatbuoti
395 views16:09
Ochish/sharhlash
2021-02-13 15:59:13
Namangan viloyatida yosh harbiy xizmatchilar va hodimlarning ma’naviy-ma’rifiy saviyasini oshirish, beshta muhim tashabbus ijrosini ta’minlash maqsadida joriy yilning 13-fevral kuni O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Namangan viloyati Kengashi tashabbusi bilan viloyat Kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi bilan hamkorlikda Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 538 yilligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari yosh harbiy xizmatchilari o‘rtasida “Bobur-umumarmiya yoshlar nigohida” mavzusida insholar tanlovi o‘tkazildi.

Tadbirni O‘zbekiston yoshlar ittifoqi viloyat Kengashi raisi M.Abdullaxanova ochib berdi va ishtirokchilarga omad tiladi. Tadbirda viloyat Kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasining yoshlar masalalari bo‘yicha rais o‘rinbosari A.To‘xtanazarov ham so‘zga chiqib, Z.M.Boburning hayoti va ijod yo‘li yoshlarga o‘rnak bo‘la olishini ta’kidladi.

@yoshlarmatbuoti
425 views12:59
Ochish/sharhlash
2021-02-13 14:26:59 #yoshlar_festivali

Bugungi kun Yangiqo‘rg‘on tumani Iskovot qishlog‘i yoshlari uchun katta bayram, unutilmas kun sifatida xotiraga muhrlandi.

Minglab yoshlarni Iskovot sport majmuasiga jamul jam etgan yoshlar festivali doirasida ko‘plab loyihalar, marafonlar, turli sport tadbirlari, targ‘ibot ishlari, rahbarlar bilan uchrashuvlar va konsert dasturlari amalga oshirildi.

Festivalda Prezident maslahatchisi o‘rinbosari Qahramon Quranboyev, Yoshlar ishlari agentligi direktori A. Sa'dullayev ishtirok etib, yurtimizda yoshlar siyosati borasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, yaratilayotgan sharoit va imkoniyatlar haqida o‘z fikrlarini bildirdilar.

Yoshlar ishlari agentligi direktori tomonidan yoshlarimizning ma'naviy dunyoqarashini kengaytirish, bilim saviyasini oshirish maqsadida badiiy kitoblar, zamonaviy kompyuterlar hamda o‘quv qurollari taqdim etildi.

Tumanning faol yoshlari hamda ijtimoiy ko‘makka muhtoj yigit-qizlariga tuman hokimligi tomonidan sovg‘alar tuhfa etildi.

"Vatanparvar" tashkiloti hamda Milliy gvardiya viloyat boshqarmasi tomonidan namoyish etilgan harbiy-ko‘rgazmali chiqishlar festivalga ko‘tarinki ruh bag‘ishladi.
Festival doirasida Q. Quranboyev, A. Sa'dullayev hamda sektor rahbarlari yoshlar bilan suhbatlashib, ularning murojaatlariga quloq tutdilar. Ayrim muammolar shu joyning o‘zida ijobiy hal etildi.

Namanganda an'anaga aylanib ulgurgan "Yoshlar festival"lari hamda uning doirasida amalga oshirilayotgan barcha loyihalar kelajak egalari bo‘lmish yoshlarning nurli kelajagi uchun!!!

@yianamangan
156 views11:26
Ochish/sharhlash
2021-02-13 14:26:59
130 views11:26
Ochish/sharhlash
2021-02-02 11:01:03
#Motivator
#Buxoro_2021
#Respublika_Forumi

Forum yakuniga yetdi forum doirasida do'stlashdik qon jigardek bir birimizga bog'landik xayrlashish qiyin bo'ldi ammo vaqt oliy hakam.

Qadirdonlarim sizlarni yaxshi ko'raman.
Delegatsiyamiz ajoyib taassurotlar bilan,
Namangan tomon yo'l olishdi!

@yoshlarmatbuoti
247 views08:01
Ochish/sharhlash
2021-02-02 11:00:53
220 views08:00
Ochish/sharhlash
2021-02-01 09:39:24
"MEHR-BIZNI BIRLASHTIRADI!"
Namangan viloyat Sardorlar Kengashi tomonidan "Mehrli o'yinchoqlar" loyihasi tashkil etildi.
Loyiha doirasida viloyatdagi barcha tuman(shahar) lardagi sardorlar tomonidan 5000 ga yaqin o'yinchoqlar yig'ildi.Ushbu o'yinchoqlar imkoniyati cheklangan, ijtimoiy himoyaga muhtoj hamda sharoiti og'ir oila farzandlari hamda Mehribonlik uylaridagi bolajonlarga topshirildi.
Mehr-saxovat ulashish, insonlarga yaxshilik qilish har bir inson kundalik hayotida qilishi kerak bo'lgan ishlardan biri! Biz ham mehr ulashishdan charchamaymiz!

@Namangan_VS
@yoshlarmatbuoti
699 views06:39
Ochish/sharhlash
2021-02-01 06:56:01
Кичик бизнесдан катта марралар

@namvilhok
@yoshlarmatbuoti
@yianamangan
727 viewsedited  03:56
Ochish/sharhlash
2021-01-31 10:19:17
#Motivator #3kun #Respublika_Forumi

Dilnoza Kattaxanova, Yoshlar ishlari agentligi direktori o’rinbosari: “Respublikamizning eng kuchli yetakchilari bilan Buxoroda uchrashdik”

— Buxoro viloyatida Respublikamizning hududlaridan ishtirok etayotgan 200 nafardan ortiq yoshlar yetakchilari bilan "Motivatorlar" forumida uchrashdik.

Forumda umumta'lim maktablarida Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan besh muhim tashabbusini amalga oshirish, o'quvchilar o'rtasida volontyorlikni rivojlantirish, gender-tenglik masalalari, ekologik loyihalar va boshqa mavzularda fikr almashdik.

Yetakchilar o'rtasida Besh tashabbus faoliyatiga oid savolnoma o'tkazib Buxoro shahar yoshlar markazida joylashgan Yoshlar dasturlari ijrosi yuzasidan tuzilgan shtab faoliyati bilan tanishdik, — dedi Dilnoza Kattaxanova.

Forum davom etmoqda.
@yoshlarmatbuoti
613 views07:19
Ochish/sharhlash