Get Mystery Box with random crypto!

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi

Telegram kanalining logotibi yoshlarittifoqi_uz — O‘zbekiston yoshlar ittifoqi O
Telegram kanalining logotibi yoshlarittifoqi_uz — O‘zbekiston yoshlar ittifoqi
Kanal manzili: @yoshlarittifoqi_uz
Toifalar: Yangiliklar
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 14.96K
Kanalning ta’rifi

🇺🇿 O‘zbekiston Yoshlar Ittifoqining Telegramdagi rasmiy sahifasiga xush kelibsiz!
• www.yoshlarittifoqi.uz
• facebook.com/yoshlarittifoqi.uz
• instagram.com/yoshlarittifoqiofficial
📞 Ishonch raqami: 1093
📝 Yordam: @yoshlargayordamchi_bot

Ratings & Reviews

2.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

2

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 4

2023-05-13 07:29:58


UNESCO Silk Roads Youth Research Grant 2023 uchun arizalar qabul qilmoqda – tashabbus yosh tadqiqotchilarni Ipak yoʻlining umumiy merosini yanada oʻrganishga safarbar etishga qaratilgan va 35 yoshgacha boʻlgan yosh ayollar va erkaklarga 12 ta tadqiqot grantini taqdim etadi.

Tadqiqotlar roʻyxatda taqdim etilgan har qanday mavzularni qamrab olishi mumkin, jumladan, Ipak yo‘lining umumiy merosi bilan bogliq bolgan mavzular bilan cheklanmagan holda:

Fan va texnologiya;
An’anaviy hunarmandchilik;
Din va ma’naviyat;
Til va adabiyot;
San’at va musiqa;
An’anaviy o‘yinlar va sport turlari.

Taklif etilayotgan tadqiqot madaniy o‘zaro ta’sirlar va almashinuvlar natijalariga yo‘naltirilgan bo‘lishi kerak va ma'lum bir sohada moddiy va nomoddiy bo‘lgan aniq aktivlarni ko‘rsatishi kerak.

Grant miqdori: 12 ta grant – har biri uchun 10 000
AQSH dollari
Ariza topshirish ohirgi muddati: 2023-yil 31-may

Batafsil: shorturl.at/hrGWX

Bizning sahifalarimiz:
Telegram Instagram Facebook
1.7K views04:29
Ochish/sharhlash
2023-05-12 15:22:17
Hurmatli Prezident, o‘la-o‘lguncha sizga va mehribon xalqimizga sadoqat bilan xizmat qilamiz! Farzandlaringiz doim Siz bilan faxrlanadi! Biz Sizning qalbingizdan, orzularingizdan, armonlaringizdan bo‘lgan ma’naviy farzandlaringizmiz.

Hayotimizning eng og‘ir damlarida Biz yoshlarga ishonch berganingiz uchun Sizdan va mehribon xalqimizdan cheksiz minnatdormiz.

Temurbek Olimovich Poyonov — Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi markaziy kengashi raisi

Bizning sahifalarimiz:
Telegram Instagram Facebook
22.3K views12:22
Ochish/sharhlash
2023-05-12 13:21:30
#HuquqingizniBilasizmi

Voyaga yetmagan shaxslarni tilanchilik qilishga jalb etish:

BHMning 5 baravaridan 10 baravarigacha miqdorda (1,5 mln so‘mdan 3 mln so‘mgacha) jarima solishga;

15 sutkagacha muddatga ma’muriy qamoqqa olishga sаbab bo‘ladi.

Bizning sahifalarimiz:
Telegram Instagram Facebook
2.3K views10:21
Ochish/sharhlash
2023-05-12 09:46:59
#RektorKubogi #QVZ

Buxoro davlat universiteti talaba-yoshlari o‘rtasida “Rektor kubogi” uchun “Quvnoqlar va zukkolar” tanlovi final o‘yini bo‘lib o‘tdi.

BATAFSIL

Bizning sahifalarimiz:
Telegram Instagram Facebook
1.7K views06:46
Ochish/sharhlash
2023-05-12 06:58:11
#Grant #Tanlov

Barcha bosqich talabalari va yaqinda talaba boʻladiganlar uchun biznes rejalar tanlovi: mukofot 2000 Kanada dollari!

Tanlovda istalgan soha/mutaxassilik boʻyicha oʻqiyotgan talabalar va 2023-2024-yil oʻqishni boshlaydigan nomzodlar qatnashishi mumkin.

Biznes reja ingliz tilida yozilishi kerak.

Mukofot: Gʻolib 2000 Kanada dollari (taxminan 1500 AQSH dollari) miqdoridagi pul mukofoti bilan taqdirlanadi.

Arizalar 2023-yil 31-dekabrgacha qabul qilinadi.

BATAFSIL

Bizning sahifalarimiz:
Telegram Instagram Facebook
7.0K views03:58
Ochish/sharhlash
2023-05-11 10:39:50
#KamalakBT #Anjuman #Xorazm

Xorazm viloyati Sardorlari Qashqadaryo viloyatida bo‘lib o‘tadigan “Kamalak” bolalar tashkilotining an’anaviy XXII anjumaniga tayyor.

Bizning sahifalarimiz:
Telegram Instagram Facebook
682 viewsedited  07:39
Ochish/sharhlash
2023-05-11 06:35:57
#YoshlarOvozi

Jamiyatimizdagi eng qaynoq yangiliklar, qiziqarli ma’lumotlar va foydali tavsiyalarga to‘la yoshlarbop gazetaning yangi sonini e’tiboringizga taqdim qilamiz!

Yoshlar ovozi gazetasining ushbu haftada nashr qilingan 20-sonida quyidagi maqolalarni oqishingiz mumkin:

- Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha Toshkent viloyati tajribasi
- Quyichirchiq tajribasi yaratiladi
- “Birlik”ning qahramoni!
- Men yetakchiman!
- Zamonamizga xos mantiqsizlik
- Men ayol emasmidim?!
- Tinchlik ne’mati
- Sitorani xotirlab

Pastdagi havola orqali gazetani elektron shaklda mutolaa qilishingiz mumkin:

ONLAYN O‘QISH

Bizning sahifalarimiz:
Telegram Instagram Facebook
1.8K views03:35
Ochish/sharhlash
2023-05-10 14:52:22
#YoshlarKafilligi

Hech qanday jinoyat jazosiz qolmaydi. Buni to‘g‘ri anglash kerak! Ming afsuski bugun yoshlarimiz orasida kiberjinoyatchilik ortib bormoqda.

Oylamay bosilgan qadam bir taqdirni butkul ozgartirib yuborishini ushbu rolik orqali korishimiz mumkin.

“Qahramon”imiz qilgan qilmishidan pushaymon. U qisqa vaqt panjara ortida otirib, ozodlikni, erkinlikni qadriga yetdi.

Oramizda adashib jinoyat kochasiga kirib qolganlar ham talaygina. Insonparvarlik va odillik tamoyili asosida O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Jizzax viloyati Kengashi ushbu yoshni kafillikka olishga qaror qildi.

Bizning sahifalarimiz:
Telegram Instagram Facebook
2.1K views11:52
Ochish/sharhlash
2023-05-10 12:51:57
#Qaror #Qashqadaryo

Vazirlar Mahkamasining 2017-yilning 14-noyabrdagi 914-son qarorida O‘zbekiston yoshlar ittifoqining faol a’zolariga oliy ta’lim muassasalariga imtiyozli qabul qilishi belgilangan.

Qarorga muvofiq Qashqadaryo viloyatidan nomzodlar Oʻzbekiston yoshlar ittifoqining faol a’zolariga, oliy ta’lim muassasalariga imtiyozli qabul qilish uchun tavsiyanomalar berish masalasini koʻrib chiquvchi Qashqadaryo viloyat komissiyasi yigʻilishi boʻlib oʻtdi.

Tanlovda Yoshlar ittifoqining sardorlari va Yoshlar ittifoqi tizimidagi faol xodimlari ham ishtirok etdi. Har bitta toifa boʻyicha eng yuqori ball toʻplagan bir nafar yosh tanlovning respublika bosqichiga yoʻllanma oldi.

Bizning sahifalarimiz:
Telegram Instagram Facebook
3.3K views09:51
Ochish/sharhlash
2023-05-10 07:57:55
#KamalakBT #Anjuman #Namangan

Namangan viloyati Sardorlari Qashqadaryo viloyatida bo‘lib o‘tadigan “Kamalak” bolalar tashkilotining an’anaviy XXII anjumaniga tayyor.

Siz-chi, siz tayyormisiz???

Bizning sahifalarimiz:
Telegram Instagram Facebook
4.6K viewsedited  04:57
Ochish/sharhlash