Get Mystery Box with random crypto!

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi

Telegram kanalining logotibi yoshlarittifoqi_uz — O‘zbekiston yoshlar ittifoqi O
Telegram kanalining logotibi yoshlarittifoqi_uz — O‘zbekiston yoshlar ittifoqi
Kanal manzili: @yoshlarittifoqi_uz
Toifalar: Yangiliklar
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 14.96K
Kanalning ta’rifi

🇺🇿 O‘zbekiston Yoshlar Ittifoqining Telegramdagi rasmiy sahifasiga xush kelibsiz!
• www.yoshlarittifoqi.uz
• facebook.com/yoshlarittifoqi.uz
• instagram.com/yoshlarittifoqiofficial
📞 Ishonch raqami: 1093
📝 Yordam: @yoshlargayordamchi_bot

Ratings & Reviews

2.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

2

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 9

2023-04-11 14:33:48
#LIVE

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida yoshlar siyosati sohasidagi ishlar natijadorligini oshirish hamda ular bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari yuzasidan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda.

Davlatimiz rahbari uchinchi toifaga batafsil to‘xtaldi.

116 ming nafar yoshlarning nogironligi bo‘lsa, 30 mingtasida surunkali kasalliklar borligi, 32 ming nafar yoshlar profilaktika, 16 ming nafari probasiya nazoratida, 9 ming nafari muntazam dars qoldirishini ma’lum qildi.

Har bir vazir, vazir o‘rinbosarlari, viloyat, tuman va shahar hokimlari, sektor rahbarlari, oliygoh rektorlari, Milliy gvardiya va harbiy qism komandirlariga uchinchi toifadagi 50 nafardan e’tiborga muhtoj yoshlar nomma-nom biriktirilishi belgilandi.

Vazirlik va idoralar, mahalliy hokimliklar asosiy e’tiborini “o‘rta” toifaga kirgan 4,6 million yoshlar bilan ishlashga qaratishi lozimligi ta’kidlandi.

Bizning sahifalarimiz:
Telegram Instagram Facebook
2.2K views11:33
Ochish/sharhlash
2023-04-11 14:27:29
#LIVE

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida yoshlar siyosati sohasidagi ishlar natijadorligini oshirish hamda ular bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari yuzasidan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda.

Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha mutlaqo yangi tizim joriy qilinadi

14 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlarning ijtimoiy ahvoli, qobiliyati va qiziqishlari o‘rganilib, ular 3 toifaga ajratildi. Endilikda ular bilan manzilli, aniq mezonlar asosida ishlanishi ta’kidlandi. Bunda:

yaxshi o‘qiyotgan, tadbirkorligini yo‘lga qo‘ygan, rasmiy sektorda ishlaydigan, qobiliyati bor, ijtimoiy faol bo‘lgan 4,4 million yoshlar “yaxshi” toifaga;

turmush taqozosi bilan rasmiy sektordan ish topa olmagan, lekin iqtisodiy faol 4,6 million yosh “o‘rta” toifaga;

davlatning g‘amxo‘rligi va e’tiborini kutayotgan hamda ko‘makka muhtoj 396 ming nafar yoshlar “ahvoli og‘ir” toifasiga alohida ajratib olindi.

Bizning sahifalarimiz:
Telegram Instagram Facebook
2.9K views11:27
Ochish/sharhlash
2023-04-11 13:10:55
#Ajdodlar_izidan

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Qashqadaryo viloyati Kengashi va Yoshlar ishlari agentligi viloyat boshqarmasi bilan hamkorlikda viloyatda joylashgan Mudofaa vazirligiga qarashli harbiy qismlardagi yosh harbiy xizmatchilar o‘rtasida “Ajdodlar izidan” intellektual o‘yinining hududiy bosqichi bo‘lib o‘tdi.

O‘yinda buyuk sarkardalarimizning jang san’ati, jamiyat va davlat hayotida amalga oshirgan ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va harbiy islohotlari to‘g‘risidagi 4 ta kitoblar asosida savol-javob tashkil etildi.

Yakuniy natijalarga ko‘ra:

Temur vorislari;

Janub qalqonlari;

Sahro burgutlari.

G‘olib jamoalar diplom hamda kitob jamlanmalari bilan taqdirlandilar.

Bizning sahifalarimiz:
Telegram Instagram Facebook
5.0K views10:10
Ochish/sharhlash
2023-04-11 09:58:16
#YoshlarIttifoqi #Kontrakt

2023/2024 o‘quv yilidan pedagog kadrlar tayyorlovchi oliy ta’lim muassasalarining qo‘shma ta’lim dasturlarida ta’lim olayotgan talabalarning hamkor xorijiy oliy ta’lim muassasasida o‘qish davri uchun to‘lov-kontrakt qiymatini Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan qoplab berish tartibi joriy etilgan.

Batafsil: http://bit.ly/Kontarkt

Bizning sahifalarimiz:
Telegram Instagram Facebook
2.9K viewsedited  06:58
Ochish/sharhlash
2023-04-11 08:10:43
#Memorandum #YoshlarIttifoqi

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Xorazm viloyat Kengashi hamda Xiva Ma’mun universiteti o‘rtasida Hamkorlik Memorandumi imzolandi

Batafsil: http://bit.ly/Hamkorlik1

Bizning sahifalarimiz:
Telegram Instagram Facebook
1.3K views05:10
Ochish/sharhlash
2023-04-10 15:59:00


OTM yetakchilariga qanday imkoniyatlar yaratilmoqda? (2-qism)

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan oliy ta’lim muassasalaridagi boshlang‘ich tashkilotlar faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shma qaror qabul qilingan.

Qaror bilan oliy ta’lim muassasalaridagi yoshlar yetakchilari uchun ko‘plab imkoniyatlar yaratilmoqda. Xususan:

Mulkchilik shaklidan qat’i nazar barcha oliy ta’lim muassasalarida Yoshlar ittifoqining boshlang‘ich tashkilotlari tashkil qilinadi;

Barcha oliy ta’lim muassasalarida fakultet koordinatorlari faoliyati yo‘lga qo‘yiladi;

Yo‘nalish va fakultet koordinatorlari Yoshlar yetakchisi tavsiyasi asosida har oyda bazaviy stipendiyaning uch baravari miqdorida moddiy rag‘batlantirib boriladi;

Har yili O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashining tavsiyasi bilan faol yetakchilar “O‘zbekiston belgisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlanadi;

Oliy ta’lim muassasalaridagi Boshlang‘ich tashkilotlarning moddiy texnik bazalari yaxshilanadi. Xususan, ularga xizmat xonalari va boshqa zaruriy texnikalar ajratiladi.

Qarorning to‘liq matni bilan quyidagi havola orqali tanishib chiqishingiz mumkin:

Batafsil: http://bit.ly/QarorMatni

Bizning sahifalarimiz:
Telegram Instagram Facebook
28.2K views12:59
Ochish/sharhlash
2023-04-10 15:05:38
#Ajdodlar_izidan

O‘zbekiston yoshlar Ittifoqi Buxoro viloyat Kengashi va O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi o‘ta muhim va toifalangan obyektlarda yong‘in xavfsizligini ta’minlashni tashkil etish boshqarmasi bilan hamkorlikda “Ajdodlar izidan” intellektual o‘yini bo‘lib o‘tdi.

O‘yinda buyuk sarkardalarimizning jang san’ati, jamiyat va davlat hayotida amalga oshirgan ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va harbiy islohotlari to‘g‘risidagi 10 ta kitoblar asosida savol-javob tashkil etildi.

Yakuniy natijalarga ko‘ra:

3-Yong‘in o‘chirish qismi;

4-Yong‘in o‘chirish qismi;

2-Yong‘in o‘chirish qismi egalladi.

G‘olib jamoalar diplom hamda pul mukofotlari bilan taqdirlandilar.

Bizning sahifalarimiz:
Telegram Instagram Facebook
1.2K views12:05
Ochish/sharhlash
2023-04-10 14:25:11


Tashkilotning faol aʼzolariga oʻqishga kirishga tavsiyanomalar berish boʻyicha nomzodlarning hujjatlarini qabul qilish yakunlanishiga 2 kun qoldi!

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yilning 14-noyabrdagi 914-son qarorida O‘zbekiston yoshlar ittifoqining faol a’zolariga oliy ta’lim muassasalariga kirishda imtiyozlar berish belgilangan boʻlib, hujjatlar hududiy Kengashlarimizning masʼul xodimlari tomonidan qabul qilinmoqda.

Nizomga asosan tashkilot hodimlari, sardorlar va boshlangʻich tashkilot yetakchilari nomzod sifatida ishtirok etishlari mumkin.

Tavsiyanomalar berish tartibi va hududiy masʼullar haqidagi maʼlumotlarni quyidagi havola orqali olishingiz mumkin:

Batafsil: http://bit.ly/914gaQabul

Hujjatlar joriy yilning 12-aprel kunigacha hududiy Kengashlar tomonidan qabul qilinadi!

Bizning sahifalarimiz:
Telegram Instagram Facebook
10.2K views11:25
Ochish/sharhlash
2023-04-10 10:00:48
#Subsidiya #Tadbirkorlik

Tadbirkorlikni yangi boshlayotgan xotin-qizlarga 10 million so‘m subsidiya beriladi.

“Hunarmand” uyushmasi qoshidagi hunarmandchilik markazlarida kamida 40 foiz tadbirkor xotin-qizlar tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar joylashtiriladi.

Batafsil: http://bit.ly/Subsidiya

Bizning sahifalarimiz:
Telegram Instagram Facebook
2.7K viewsedited  07:00
Ochish/sharhlash
2023-04-10 08:43:49
#Memorandum #YoshlarIttifoqi

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashi va Nukus innovatsion instituti o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi

Batafsil: http://bit.ly/Hamkorlik

Bizning sahifalarimiz:
Telegram Instagram Facebook
2.3K viewsedited  05:43
Ochish/sharhlash