Get Mystery Box with random crypto!

​​ABUTIRENT UKA-SINGILLARIMGA SHAXSIY MASLAHATIM Taksida | QarshiDU Yoshlar Lider Klubi

​​ABUTIRENT UKA-SINGILLARIMGA SHAXSIY MASLAHATIM

Taksida yoki biror joyda kutib o'tirganimda abutirent uka-singillarim talaba ekanligimni bilishsa, birdaniga maslahat so'rashadi. Bugun imtihonlarga oz qolganini inobatga olib bir nechta shaxsiy maslahatlarimni bermoqchiman.

QO'RQMANG Qo'rquv abutirentning eng ashaddiy dushmani. O'quv markazda testlari kam chiqsa bo'ldi, tamom "Bilimsizman" degan hayollar keladi. Shaxsan meni o'quv markazdagi testlarim 50% lik natija ko'rsatardi. DTM da esa 95% lik natija bilan o'qishga kirganman.

O'ZINGIZNI ORTIQCHA HAYAJONDAN UZOQLASHTIRING. DTM testidan 3-4 oy avval xafa bo'lish, quvonch, sevgi kabi tuyg'ulardan uzoqroq yuring. O'z ko'zim bilan ko'rganman mendanam zo'r biladigan qiz imtihon oldi his-tuyg‘ularga berilib ketganidan o'qishga kirolmagan. Yoki yana biri juda qattiq stresga tushganidan hamma biladigan savollariga xato javob belgilab chiqqan.

DEYARLI UXLAMANG. Imtihonga 1 oy vaqt bor, demak, ayni vaqti. Men oxirgi 3 oy juda kam uxlaganman. 1 sutkada 2-3 soat(to‘g‘ri "Bomish" ga uxshab qolasiz ) shu vaqtda hamma kitoblarga bir ko‘z yugurtirib chiqing. Hatto siz uchun eng oddiy hisoblanganlarga ham. Unutmang ko‘p abutirentlar eng oddiy savollarga "kalla qo'yib" chiqishadi.

OTA - ONA QO‘LLAB QUVVATLASHI MUHIM. Afsuski ko‘p ota-onalar farzandining psixologik dushmani bo'lishadi. O‘quv markazlaridagi natijalariga asoslanib o‘qishga kirolmasligini farzandiga uqtiradi. Bu esa juda katta psixologik zarba. DTM tayyorlanuvchisi uchun bu paytda kimnidir qo'llab quvvatlovchiga muhtoj bo'ladi odam. Menga ustozim juda katta psixologik yordam berib yuborgan o'sha paytda.

IMTIHONDAN AVVALGI DAM. Oxirgi oy miyangizga nagruzka tushurganingiz hisobiga imtihon topshirish kungingizdan 2 kun oldindan butkul dam oling, kitob ushlamang, telda gaplashmang.


Eng asosiysi Allohdan chin qalbingizdan ibodat qilib so‘rang. Alloh buyuk zot. Agar bilim jihatdan ham iymon jihatdan ham talaba nomiga loyiq bo'lsangiz, Alloh bu Ne'matni sizga beradi In shaa Alloh


Hurmat bilan @Miss_Ismoilova

Abutirentlarga tarqatamiz