Get Mystery Box with random crypto!

Odat avtomatik darajaga yetguncha takrorlangan harakatdir. Od | QarshiDU Yoshlar Lider Klubi

Odat avtomatik darajaga yetguncha takrorlangan harakatdir.

Odatlarning asl sababi muammolarni imkoni boricha kamroq quvvat sarflab hal qilishga intilishdir.

Odatlarimiz to’rt bosqichda shakllanadi: signal, istak, javob, mukofot.

Bularni esa ikkita fazaga ajratish mumkin: muammo va yechim.

Muammo fazasi signal va istak bo’lsa,

Yechim fazasi javob va mukofot.

Masalan, qorong’i xonaga kirasiz (signal)

Xonadagi narsalarni ko’rishni istaysiz (istak)

Chiroqni yoqasiz (javob)

Ko’rish istangingiz bajarildi (mukofot)

Qorong’i xona va chiroqni yoqish o’rtasida bog’lanish paydo bo’ldi.