Get Mystery Box with random crypto!

Diqqat, yoshlar uchun ajoyib yangilik! “Oʼzbekiston belgisi” | YOSH KUCH

Diqqat, yoshlar uchun ajoyib yangilik!

“Oʼzbekiston belgisi” koʼkrak nishoni uchun hujjatlar qabuli boshlandi

“O‘zbekiston belgisi” ko‘krak nishoni bilan har yili Vatanimiz obro‘si, shon-shuhrati va sharafini yuksaltirishga hamda xalqaro nufuzini oshirishga xizmat qilayotgan, mamlakatning ijtimoiy-siyosiy hayotida faol ishtirok etib namuna ko‘rsatib kelayotgan yoshlar taqdirlanib kelinadi.

“Oʼzbekiston belgisi” koʼkrak nishoni 2003-yildan buyon Prezident farmoni asosida yoshlarga berib kelinmoqda.

Ko‘krak nishoni O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashining qaroriga asosan yoshlarga taqdim qilinadi.

Taqdirlash marosimi yoshlar hayotidagi muhim ijtimoiy voqealar munosabati bilan o'tkaziladi.

Aziz yoshlar, taqdim qilinadigan hujjatlar bilan tanishing!

“O‘zbekiston belgisi” ko‘krak nishoniga hujjatlar joriy yilning 1-mart kuniga qadar Yoshlar ittifoqining viloyat, tuman va shahar Kengashlarida qabul qilinadi.

Murojat uchun tel:
71-241-08-09

Kanalni kuzatish t.me/yoshlarittifoqi