Get Mystery Box with random crypto!

'Yosh kitobxon' tanlovi Yoshmisiz yoki katta Turli xil viloy | “Yosh kitobxon” INFO

"Yosh kitobxon" tanlovi

Yoshmisiz yoki katta
Turli xil viloyatda
Barchasi bir bekatda
"Yosh kitobxon" tanlovi.

Sinaladi bilimlar,
Qo'lingni tutar do'stlar.
Faqat ezgulik ko'zlar
"Yosh kitobxon" tanlovi.

Shirin qiyinchiliklar,
Goh xafagarchiliklar
Bizlarni birlashtirar
"Yosh kitobxon" tanlovi.

Salkam yarim yilda biz
Qirq dunyoda yashaymiz
Rahmatimiz aytamiz
"Yosh kitobxon" tanlovi.

Kitobdan dur topamiz
Yomonlikni yopamiz.
She'r, qo'shiqlar yozamiz,
"Yosh kitobxon" tanlovi.

Rahmat, Yurtboshimizga,
Ma'sul xodimlar sizga.
Imkon yaratar bizga,
"Yosh kitobxon" tanlovi

Rustambekova Nozimaxon.
Xorazm viloyati Urganch shahar 30-sonli maktabning 7-sinf o'quvchisi.