Sen tongda uygʻonding. Gazga qoʻyding choy. Bu mehr men uchun | “Yosh kitobxon” INFO
Sen tongda uygʻonding. Gazga qoʻyding choy.
Bu mehr men uchun emas, hoynahoy.
Sen oppoq koʻylakka urasan dazmol.
Bu ishni men uchun qilmogʻing - mahol.
Uyni supirasan, poklaysan changdan.
Supirib otmaysan meni bu gʻamdan.
Ovqat pishirasan. Moʻl-koʻl dasturxon...
Ovqatingni maqtar oʻzga bir inson.
Bolangning koʻziga boqib toʻymaysan.
Sen mening bolamni oʻpib qoʻymaysan.
Ammo yolgʻiz qolsang egilar boshing -
Koʻzingdan soʻramay oqadi yoshing.
Meni sogʻindingmi? Kuydingmi?.. Rahmat!..
Koʻz yoshing meniki, koʻz yoshing faqat... Usmon Azim https://t.me/yoshkitobxonuz