Get Mystery Box with random crypto!

ONAJONLARGA HAM ILTIMOS, HAM TALAB! Bolaning ichi kelmasa un | Yosh onalarga maslahatlar

ONAJONLARGA HAM ILTIMOS, HAM TALAB!

Bolaning ichi kelmasa uni darrov har xil klizma, shamchalar bilan keltirishga urinmang. Boshida farzandingizga yordam berganday koʻrinadi. Ammo, bora-bora bu odat boʻlib qoladi va farzandingiz mustaqil defekatsiya (ichni kelishi) qilolmaydi. 4 yoshli bolalarning ham ichini doimiy klizma qilib keltirishlarini bilaman. Bunda 100% ona aybdor. Oʻsha siz ishlatayotgan gliterin shamchalarini yoʻriqnomasini bir oʻqib koʻring, oʻshanda ham yozilgan koʻp ishlatish mustaqil defekatsiyani yoʻqolishiga olib keladi deb.

Xoʻp bu usul zararli ekanini bildik unda nima qilaylik deysizmi?
. Romashka damlamasi. Bu ikki oylikdan oshgan bolalarga bersa boʻladigan, juda samarali vosita. 1 choy qoshiq romashkani (aptekalarda quritilgani sotiladi) 100ml qaynoq suvga xuddi choyday damlanadi. Iliguncha kutib, keyin kun boʻyi berib yursa boʻladi.

. Har xil sabzavotlar, masalan, qovoqni dimlab pishirib pyure qilib bersangiz boʻladi.

. 1yoshgacha boʻlgan bolalarni oyoqlarini qorniga velosiped kabi qilib massaj qilish, onaning oʻzi bolaning qornini soat strelkasi yoʻnalishida massaj qilishi.

. Har xil probiotik poroshoklaridan yoshga qarab ichirish mumkin.

Bolaning ichi qotishi bilan doriga yugurmasdan, onaning oʻzi oʻziga bir quloq tutsin. Chunki, emizikli bolalarda ich qotishi asosan onaning yetayotgan narsalariga bogʻliq boʻladi.

Sadiya_MuhammadYusuf_Sakina
@Yosh_onalarga_maslahatlar
@Marhabo_Karimova_sherlari
@Homiladorlik_davri
@Ogilmi_qizmi