Get Mystery Box with random crypto!

Banklarning ustav kapitali 5 barobarga oshiriladi Senatning o | Yosh bankir

Banklarning ustav kapitali 5 barobarga oshiriladi

Senatning oʻttiz toʻqqizinchi yalpi majlisida “Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartishlar kiritish haqidagi qonun koʻrib chiqildi.

Qonun bilan banklar ustav kapitali miqdorini 2023-yil 1-sentyabrdan boshlab 2025-yilning 1-yanvarigacha bosqichma-bosqich 100 mlrd soʻmdan 500 mlrd soʻmgacha oshirib borish toʻgʻrisidagi talablarni nazarda tutuvchi oʻzgartishlar kiritilmoqda.

Unga ko'ra banklar ustav kapitalining eng kam miqdori:
— 2023-yil 1-sentyabrdan 200 mlrd soʻmni;
— 2024-yil 1-apreldan 300 mlrd soʻmni;
— 2025-yil 1-yanvardan 500 mlrd soʻmni tashkil etishi lozim.


Natijada kiritilishi banklarni kapitallashtirish darajasi hamda resurs bazasini oshirish, sohaga chet el investitsiyalarini jalb etish uchun qoʻshimcha huquqiy shart-sharoitlar yaratish, aholi va tadbirkorlik subyektlariga qoʻshimcha kredit berish imkoniyati yaratiladi.

Shuningdek, qonunga koʻra xorijliklar tomonidan banklarning aksiyalarini olishga nisbatan cheklovlar qisman bekor qilinmoqda. Xalqaro bozorlarda ommaviy joylashtirilgan aksiyalarni sotib olish soddalashtirilmoqda.

Qonun senatorlar tomonidan maʼqullandi.

@yosh_bankir