Get Mystery Box with random crypto!

Oʻzbekistonliklar asosiy daromadlarini mehnat faoliyatidan ola | Yosh bankir

Oʻzbekistonliklar asosiy daromadlarini mehnat faoliyatidan oladi

2022-yilda oʻzbekistonliklarning umumiy daromadlari 634,8 trln soʻmni tashkil qildi. Bu koʻrsatkich 2021-yilga nisbatan 22,3 foizga koʻproq.

Hududlar kesimida kishi boshiga umumiy daromadlar hajmi boʻyicha hamon Toshkent shahri yetakchilik qilmoqda — 37,5 mln soʻm.

Navoiy viloyati bu borada ikkinchi oʻrinda bormoqda (NKMK sababli, albatta). 2022-yilda viloyat aholisining umumiy daromadlari kishi boshiga 27,4 mln soʻm boʻlgan.

Jon boshiga 21,3 mln soʻmlik koʻrsatkich bilan Buxoro uchinchi oʻrinni egallagan.

Kishi boshiga hududlar kesimida umumiy daromadlar hajmi boʻyicha eng past koʻrsatkich Qoraqalpogʻistonda — 13,3 mln soʻm.

Bu borada Fargʻona (13,6 mln soʻm) va Namangan (13,9 mln soʻm) viloyatlarida ham nisbatan pastroq koʻrsatkichlar qayd etilgan.

Oʻzbekistonliklar daromadlarining asosiy qismini mehnat faoliyatini olmoqda — 61,6 foiz. Pul oʻtkazmalari orqali olingan daromadlar esa 29,8 foizni tashkil qilgan.

@yosh_bankir