Get Mystery Box with random crypto!

Kecha bir yaqin tarixchi do‘stim bilan tuyalar haqida gaplashi | Yorqin Mamatqulov

Kecha bir yaqin tarixchi do‘stim bilan tuyalar haqida gaplashib qoldim. Bilasiz O‘zbekistonda (umuman O‘rta Osiyoda) bir va ikki o‘rkachli tuyalar uchraydi. Bir o‘rkachli tuyalar(Dromedar) bizning hududimizga arablar bosqini davrida kirib kelgan. Ungacha bizning hududimizda aholi faqat qadimgi Baqtriya ikki o‘rkachli tuyalardan foydalanishgan. Bir o‘rkachli tuyalar (Dromedar) ancha tezkor bo‘lib, urushda va yo‘l yurishda (ikki o‘rkachli tuyalarga faqat bir kishi o‘tira olishi mumkin) juda qo‘l kelgan. Shundan so‘ng O‘rta Osiyo aholisi asosan bir o‘rkachli tuyalardan ko‘proq foydalanib, mahalliy tuyalarga e’tibor bermay qo‘yishadi natijada butun boshli Baqtriya tuyasi yo‘qolib ketadi. Bugun hududimizda ko‘rib turgan ikki o‘rkachli tuyalar esa Mo‘g‘ulistondan kirib kelgan zotlardir.
P.S. bir narsani yodda tuting bugungi globallashuv zamonida biznesda ham hayotda ham har bir inson qobiliyatlarini va bilimlarini zamonga moslab yangilab bormasa, unga nisbatan talab va ehtiyoj yo‘qoladi.



https://t.me/yorqinmamatqulov