Get Mystery Box with random crypto!

Ba'zan mukammallikka intilib muhim bo'lgan ishlarni ortga sura | Yorqin Mamatqulov

Ba'zan mukammallikka intilib muhim bo'lgan ishlarni ortga suramiz yakunda esa natija biz kutganday bo'lavermaydi. Buning sababini esa pastdagi o'tkazilgan tajribada ko 'rshingiz mumkin.

Sekin yursangiz ham, chekinmang
O‘quv yilining boshida Florida universiteti professori Jerri Uilyams film suratga olish yo‘nalishi talabalarini ikki guruhga bo‘ldi. Birinchi guruhga faqat bajargan ishlari soniga qarab baho olishlari aytildi. Semestr oxirida u har bir talaba taqdim etgan suratlar sonini hisoblab chiqdi. 100 ta fotosurat topshirgan talabalarga “a’lo” 90 ta topshirganlarga “yaxshi”, 80 ta topshirganlarga “qoniqarli” baho qo‘yildi.
Ikkinchi guruhga esa bajargan ishining sifatiga qarab baho olishardi. Ular semester oxirida faqat bitta fotosurat topshirishlari yetarli edi. Biroq “a’lo” baho olish uchun surat mukammal bo‘lishi zarur edi. Semestr oxirida eng yaxshi fotolar birinchi guruhdagi talabalar tomonidan suratga olinganiga guvoh bo‘lgan professor juda hayron qoldi. Semestr davomida bu talabalar suratga olish bilan band bo‘ldi, turlicha kompozitsiya va ekspozitsiyalarni sinab ko‘rdi, qorong‘u xonada tajribalar o‘tkazdi va xatolaridan xulosa chiqardi. Yuzlab suratlar yaratish davomida ular ko‘nikmalarini kuchaytirdi. Ikkinchi guruhidagi talabalar esa mukammallik haqida bosh qotirib vaqt o‘tkazdi. Oxir-oqibatda, shuncha sa’y-harakatlardan keyin ular isbotlanmagan g‘oyalaru, bittadan o‘rtacha surat taqdim eta oldi, xolos.

Jeyms Klir “Atom odatlar” kitobidan


https://t.me/yorqinmamatqulov