Get Mystery Box with random crypto!

Yo'qlik.

Telegram kanalining logotibi yoqlik — Yo'qlik. Y
Telegram kanalining logotibi yoqlik — Yo'qlik.
Kanal manzili: @yoqlik
Toifalar: Din
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 2.16K
Kanalning ta’rifi

https://t.me/joinchat/WMfdphv_2lD8De9O
Oddiy fikrlar, ishq satrlari, biroz mahzunlik..
Kanal asoschisi: Hilal (Ummu ibrohim)
Postlar: Afifa (boshqa admin yo'q)
Manbasiz olishingizga rozimasmiz!
Kerak bo'lsam @afifam_bot daman (qizlar yozsin)

Ratings & Reviews

4.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

2

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 3

2022-08-14 18:21:13
Yana keldim... Ming hayo-yu pushmonlar ila... Rahmating va Lutfingdan umid qila...

@yoqlik
2.5K viewsعفيفه, 15:21
Ochish/sharhlash
2022-08-14 15:24:20 So'zlashni istaysan-u bo'g'zingga achchiq so'zlar tiqilib qoladi...
Senda ham shunday bo'ladimi?!

Xayollarga sakinat ber, Allohim!)
2.4K viewsعفيفه, 12:24
Ochish/sharhlash
2022-08-13 18:38:24
#izhorim

Chidayapsanmi? Demak, Robbing o'sha og'riqlarga qo'shib bardosh ham bergan.

Nega vahima qilasan?! Qaysi darding Robbisini tanimaslik musibatidan og'ir? Dardga loyiq ko'rgan Robbing malhamlarni ham ikrom etadi... Sabr qil...

《Alloh hech kimga toqatidan ortig'ini yuklamaydi》2:233

@yoqlik
2.3K viewsAfifa, 15:38
Ochish/sharhlash
2022-07-07 13:48:19 ••• Yana aytishdan charchamayman: Uzlat kerakdir, balki... Qalb dunyo shovqinlaridan charchadi
476 viewsعفيفه, 10:48
Ochish/sharhlash
2022-07-07 09:16:00
705 viewsف, 06:16
Ochish/sharhlash
2022-07-07 02:44:24 ••• Siz uchun yozilgan va Siz hali o'qimagan maktublarim bor...
Siz uchun olingan va Sizga hali berilmagan hadyalarim bor...
Siz uchun qilingan va Siz hali bilmagan duolarim bor...


Siz uchun bari bor... ammo hamon siz yo'q...

#ishq_qaydlari / @yoqlik
852 viewsعفيفه, 23:44
Ochish/sharhlash
2022-07-06 09:21:54
#bõlajak_yorimga
••• وَخَلَقْنَٰكُمْ أَزْوَٰجًا (انبإ ٨)
••• Va sizlarni juft qilib yaratdik (Naba 8)


Kelsangiz,shunchaki kelmang!
Porloq kelajak va'da qilmang,14 asr avvalgi muhit, o'sha asrdagi qalb, o'sha asrdagi saodat ila keling...

Va qo‘llarimga unutilgan sunnatlarni tutib keling

#nomahramga_yuborilmasin

@yoqlik
1.1K viewsAfifam, 06:21
Ochish/sharhlash
2022-07-05 13:24:05
#pushaymonlik

Dada, meni afv eting,
Ona, meni afv eting!
Ukajon, meni kechir,
Singlim, meni kechir!

Sizlar bilan o'tkazishim kerak bo'lgan onlarni kitoblarga sarflaganim uchun,
G'animat ekanliklaringizni bilsam-da o'z yumushlarimni sizlardan ustun qo'yganim uchun...
"Ummatga manfaatim tegsin" degan quruq so'zlar bilan ummat aslida oilam ekanini unutganim uchun...

Dada, Sizning odob o'rgatishingiz-ku asl ilm,
Ona, Sizning sukutingiz-ku asl tafakkur,
Uka, Sening go'zal azoning-ku asl baxt,
Singlim, Sening kulgularing-ku asl quvonch...

Borlaringizni borida qadrlang.


@yoqlik
1.2K viewsAfifam, 10:24
Ochish/sharhlash
2022-07-05 12:57:39
U qadar xudbin bo'lma...
Senga talpinganga sen ham talpin... hech bo'lmasa, o'n bora chaqirganda bir bora qara...
Tingla, uni ham... Seni tushunmasa ham, sen uni tushunishga harakat qil...

Shunday yaqinlaring borki, ularning doim yoningda ekanligi, salomat yurgani seni xotirjam qilib qo'yadi...
Sen qachon bu jarlik ostiga kelding?! Qulab ketma,ortingga qayt...

#õzimdan_õzimga


@yoqlik
1.1K viewsعفيفه, 09:57
Ochish/sharhlash
2022-07-04 23:13:33
Yomg'irlarga singib ketmoq istayman...


Dard seniki bo'lsa, u qadar ham og'ir emas... ammo o'zingdan ham ustunroq bo'lganing dard cheksa... va sen ojiz qolsang...

Robbim, qancha dardlar bo'lsa, mana menga ber, lekin bizni yaqinlarimiz bilan sinama!!!

@yoqlik #tushunarsizlik
1.2K viewsعفيفه, 20:13
Ochish/sharhlash