Get Mystery Box with random crypto!

Va’da berdingmi bajar! Kanadaning yirik kofe kompaniyasi, T | 𝐘𝐨𝐦𝐨𝐧 𝐤𝐨𝐩𝐢𝐫𝐚𝐲𝐭𝐞𝐫🗿

Va’da berdingmi bajar!

Kanadaning yirik kofe kompaniyasi, Timothy’s Coffee, ijtimoiy tarmoqlarda o’zining obunachilarini ko’paytirish maqsadida obuna bo’lgan har bir odam uchun tekin kofe aksiyasini o’tkazadi. Aslida 2 hafta davom etishi kerak bo’lgan bu aksiya 3 kunga bormay yakuniga yetadi.

Sababi – Timothy’s Coffeening zahirasidagi hamma kofe yangi qo’shilayotgan obunachilar soni ko’pligidan tugab qoladi. Albatta, ijtimoiy tarmoqlarda ko’plab kuzatuvchilarga ega bo’lish uchun turli aksiyalar (kupon, sovg’a, tekin mahsulot va h.k.) o’tkazish samarali usullardan biri hisoblanadi. Lekin Timothy’s kabi hisob-kitob qilmasdan va’da berib bajara olmay qolish, brend imidjini tushirib yuboradi.

Timothy’s Coffee ham aksiya shartlarini bajara olmagani uchun barcha iste’molchilardan uzr so’rashga majbur bo’ladi.

Kopiraytingda ham shunday. Va'da berildimi bajarish kerak. Ayniqsa vaqtida! Deadline bu inglizcha so'zma-so'z tarjima qilganda "o'lim chizig'i" deb tarjima qilinadi.

Agar mas'uliyatli, ishiga mehr qo'ygan inson bo'lsangiz, "o'lim chizig'i"ngiz kelguncha, olgan ishlaringizni topshiring! Timothy's Coffeega o'xshab uzr so'rab yurmang))

@yomon_kopirayter