Get Mystery Box with random crypto!

Shunday ekan, xato qilishdan qo'rqmang! Inson borki albatta | 𝐘𝐨𝐦𝐨𝐧 𝐤𝐨𝐩𝐢𝐫𝐚𝐲𝐭𝐞𝐫🗿

Shunday ekan, xato qilishdan qo'rqmang!

Inson borki albatta xato qiladi va bu xato unga katta tajriba bo'ladi. Hech kimdan mukammalikni kutmang! Kopirayterning kanalidan ham!

Ya'ni men (qattadir) xato qilsam, bu meni yomon kopirayter ekanligimni anglatmaydi. Albatta, sizni ham! Bitta xatoyingiz orqali siz yomon mutaxassis bo'lib qolmaysiz. Aslida men xatolar qilsam ham yomon kopirayter bo'lib qolmaganim sababli yomon kopirayterman. Matnni shu yerida kanalning nomiga e'tibor berishingizni so'rayman. Ko'rdingizmi? Demak, men xato qilsam bo'ladi.

Keling, endi ajoyib bir marketing xatolaridan keltirmoqchiman. Bu xatoni yaqinda o'qib qoldim va albatta sizga ham qiziq bo'ladi.

Buzilmagan narsani tuzatishga harakat!

Ko’pchiligimiz reklamalarini yoqtirib tomosha qiladigan Coca Cola kompaniyasining bu xatosi, marketingda qilingan xatolar ichida klassik hisoblanadi. Kompaniyaning tadqiqotchilari xaridorlar ko’proq Pepsining shirinroq ta’mga ega ichimliklarini afzal ko’rishini aniqlaydi va 1985-yilda formulasi o’zgargan ‘New Coke’ni taqdim qiladi. Yangi Coke omma tomonidan keskin salbiy qabul qilinadi. Yillar davomida sevib iste’mol qilib kelgan ichimlikning ta’mi butunlay o’zgarishi hech kimga yoqmaydi. Kompaniya ‘New Coke’ni sotuvdan qaytarib olishga majbur bo’ladi. Original formula bilan ishlab chiqarilgan Coke yana bozorga qaytadi. Bu safar unga ‘Coca Cola Classic’ deb nom beriladi.

Ko'rdingizmi? Qanday ajoyib xato! Aslida men nima demoqchiman: Men sizlarga har bir xatoyingizga tushkunlik va xafalik ruhi bilan emas, tajriba va yuksalish ko'zi bilan qarashingizni so'ramoqchiman. Masalan, yaqindagi xatoyim shu postni yozishga majbur qildi. Bu esa yuksalish.

Ammo siz xatolarni takrorlamang. Lekin yangicha xatolar qilishingiz mumkin:)

Keyingi postda bundan ham qiziq marketing xatosi haqida gaplashamiz! Kutingizlar!

@yomon_kopirayter