Get Mystery Box with random crypto!

Hurmatli faxriylar hamda aziz yurtdoshlar! Barchangizni 9-may | “Yoshlar — kelajagimiz” jamg‘armasi

Hurmatli faxriylar hamda aziz yurtdoshlar! Barchangizni 9-may — “Xotira va Qadrlash” kuni bilan samimiy muborakbod etaman.

Inson bor ekan, xotira — muqaddas. Hech kim, hech narsa esdan chiqmaydi. Xalq bugungi tinch-xotirjam zamonni asrab-avaylash, tinchlikni qadriga yetish uchun ham urushni, uning qahramonlarini, gʻalabaga munosib hissa qoʻshganlarni yodida saqlaydi.

Tarixni bilish, ota-bobolarimizni bizning yorqin kelajagimiz uchun koʻrsatgan jasoratini eʼzozlash har birimiz uchun ham qarz, ham farzdir.

Jang maydonlarida mardlik, jasorat koʻrsatgan, front ortida fidokorona mehnat qilgan va bugun oramizda sogʻ-omon yurgan faxriylarimizga taʼzim qilamiz.

Fursatdan foydalanib, sizlarni bugungi sana bilan yana bir bor tabriklab, barchangizga sihat-salomatlik, baxt-saodat, xonadonlaringizga qut-baraka tilayman! Yurtimiz tinch, hayotimiz quvonchli onlarga toʻla, mustaqilligimiz abadiy bo‘lsin, aziz vatandoshlar!

Hurmat bilan “Yoshlar — kelajagimiz” jamg‘armasi ijro etuvchi direktori Sattarov Xayrulla Fayzullayevich

Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring:
Telegram Facebook Instagram