Get Mystery Box with random crypto!

O‘zbekistonda o‘z biznesini yo‘lga qo‘yishga muvaffaq bo‘lgan | “Yoshlar — kelajagimiz” jamg‘armasi

O‘zbekistonda o‘z biznesini yo‘lga qo‘yishga muvaffaq bo‘lgan tadbirkor Yuriy Kim

2004- yilda Yuriy Kim hamkorlari bilan birga O‘zbekistonda birinchi xususiy kitob magazinini ochgan. “Книжный мир” tashkil topganidan keyin o‘tgan davr mobaynida nafaqat Toshkent, balki mamlakat hududlarida ham tanilgan, keyinchalik uning o‘zbek adabiyotiga yo‘naltirilgan egizagi — “Kitob olami” paydo bo‘lgan.

“Книжный мир” ochilgunga qadar Yuriy Kim jihozlar, avtomobillar, ehtiyot qismlar yetkazib berish bilan shug‘ullangan.

“2000 yillarda Moskvada ish bilan O‘zbekiston elchixonasiga kirdim, biroq tushlik vaqti ekan. Qandaydir yo‘l bilan vaqt o‘tkazish kerak edi va men “Молодая гвардия” kitob magaziniga kirdim, u elchixona ro‘parasida joylashgan edi. Bu do‘kon meni hayratga soldi, axir o‘shanda O‘zbekistonda kitoblar faqat yoymalarda sotilardi. 2004 yili biz ikkita hammuassis bilan O‘zbekistonda birinchi kitob magazini ochishga qaror qildik”, — deydi tadbirkor.

Uning so‘zlariga ko‘ra, kitob biznesining o‘z xususiyati bor: kitob olib kelasan, sotasan va doimo qandaydir qoldiqlar qoladi. Ayni shu qoldiqlar — foyda, ularni sotish uchun yangi turkum kitoblarni olib kelish lozim. Agar biznes to‘g‘ri yuritilsa, qolgan kitoblar pulga aylanadi, noto‘g‘ri yo‘l tutilsa, ular makulaturaga ketadi.

Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Sayt